Ayol.Uz

Sunday, 20chi Apr

Oxirgi yangilanish07:40:49 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Home

Homiladorlik taqvimi - 14 hafta

Э-почта Print PDF

ImageMana, bo’lajak oyijon, siz ikkinchi trimestrga – homiladorlikning eng shirin damlariga ham eson omon yetib keldingiz. Bachadoningiz har haftada kattalashib borishiga qaramasdan, siz endi o’zingizni yanada g’ayratli his qilasiz. Buni qorningiz tepaga ko’tarilgan sayin o’zingiz sezasiz.

Bolangizning yuzi haligacha shakllanish jarayonida. Yuz va qanshar (burunning peshonaga tutash tepa qismi) allaqachon shakllanib qoldi. Bu haftaning asosiy yutug’i bu tukli qatlamning paydo bo’lishidir. Tukli qatlam teri – barmoq izlarining o’ziga hos mikroskopik rasmi hisoblanadi. Bundan tashqari qosh tukchalari ham sezilib qoladi. Hatto boshchasida ham soch o’sishiga ishoralar ko’rina boshladi.

 

image024.jpgBu hafta ichki organlar uchun muhim. Gormonlar ishlab chiqaruvchi qalqonsimon bez yetarli shakllangan. Chaqaloq siydik ishlab chiqarib, uni bachadondagi suvga chiqarib yuboradi. Yana u nafas olishni ham “mashq qilmoqda”: bachadon ichidagi suvni o’pkaga tortib, yana chiqarib yuboradi. Bo’yining uncha baland bo’lishiga qaramasdan – 80-113 mm, vazni esa taxminan 25gr, bolakay hozirdan ta’m ajratadi. Bu ham yetmagandek, o’ziga hos ta’mlarga mayillik uyg’otadi: yutish harakatlari anatomik suyuqlikka shirin va nordon yoki sho’r ta’mlarni qo’shishga javob bo’ladi.

Fikrlar (8)Add Comment
0
salom
Muallif: Sevara, Avgust 21, 2009
homiladorlik taqvimini qanaqa bilsa bo'ladi men 2 farzandimga homiladorman lekin qanchalik bo'lganini bilmiman iltimos javob yozin.
fawnevarfatte
Iltimosnoma
Muallif: Dilora, Oktyabr 21, 2009
Salom hurmatli sayt mualliflari.Maning ismimi Dilora.Hozir 19 haftalik homiladorman.Aksiga biz hozir horij mamlakatlaridan biri Yaponiyada istiqomat qilayapmiz.Horij tili juda qiyin hech homiladorlik haqida ma`lumot ololmayapman.Agar imkoni bolsa 19 hafta homiladorlik va undan keyingi bosqichlarga ham ma`lumot kiritib o`tsayiz nur ustiga a`lo nur bolar edi.Negadir saytda adashmasam 14haftalikdan keyin hech qanaqa ma`lumot yoq.Oldindan kotta rahmat!
0
egizaklar haqida
Muallif: aaaaaa, Noyabr 16, 2009
Hurmatli sayt muallifi agar iloji bo`lsa egizaklarning rivojlanish jarayonini ham homila taqvimiga kiritsangiz oldindan rahmat
0
Xomiladorlik naqvimi
Muallif: Gulrux, Mart 10, 2010
Assalomu alaykum sayt mualliflari. Saytga chiqargan Xomiladorlik taqvimini kuzatib boraman lekin 2 va 3 - timestrlar ya'ni boshqa haftalar haqida ma'lumot topa olmadim. Iltimos boshqa haftalar uchun ham ma'lumot bersangiz yaxshi bo'lardi. Oldindan sizlarga raxmat
0
Muallif
Muallif: Kozimjon , Aprel 10, 2010
Assalomu alaykum Sizlarga savolim bor meni xotim xomlador xozirda 5 oylik u bilan qanday qilib dam oldirsam bo`ladi.masalaxat bersangizlar
0
Salom
Muallif: Adiba, Yanvar 05, 2012
Xomilam 13 haftalik. Jinsiy aloqa qilish haftasiga necha marta bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
0
...
Muallif: UKTAM, Aprel 28, 2012
men bu saydga azo bolganimdan xursandman
0
...
Muallif: laylo, Aprel 28, 2012
2-xomila uchun katta farzandim necha yosh bolgani yaxshi oldindan sizlarga katta raxmat

Fikr bildirish
kichikroq | kattaroq

security code
Yuqoridagi harflarni kiriting


busy