Savol : Maymuna (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Maymuna (r.a.) al-Xoris ibn Xaznning qizi va Payg’ambar (s.a.v.)ning o’n birinchi javzalari bo’lganlar.
S. 2: Maymuna (r.a.)ga ota-onalari qanday ism qo’yganlar?
J.: Ota-onalari ularga Barra deb ism qo’yganlar, ammo Payg’ambar (s.a.v.) ularga Maymuna ismini berganlar.
S. 3: Maymuna (r.a.)ning onalarining ismi nima edi?
J.: Ularning onalarining ismi Hind edi.
S. 4: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri kim edi?
J.: Ularning birinchi eri Mas’ud ibn Amr ibn Umayr as-Sakafiy edi.
S. 5: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri ular bilan ajrashganligi to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 6: Birinchi eri bilan ajrashganlaridan keyin Maymuna (r.a.) kimga turmushga chiqqanlar?
J.: Ajrashganlaridan keyin ularga Abu Ruham ibn Abdul-’Uzza o’ylangan edi.
S. 7: Abu Ruham Maymuna (r.a.) ni beva qoldirib, vafot qilgani to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 8: Payg’ambar (s.a.v.) Maymuna (r.a.)ga qachon uylanganlar?
J.: Hijratning 7 yilinida, Zul-qa’da oyida.
S. 9: Payg’ambar (s.a.v.) Maymuna (r.a.)ga qaysi vaziyatda uylanganlar?
J.: Maymuna (r.a.) Makkaga umra qilish uchun kelganlarida Payg’ambar (s.a.v.) ularga uylanganlar.
S. 10: Payg’ambar (s.a.v.)ga turmushga chiqqanlarida Maymuna (r.a.) necha yoshda edilar?
J.: Ular o’ttiz olti yoshda edilar.
S. 11: Bu paytda Payg’ambar (s.a.v.) necha yoshda bo’lganlar?
J.: Payg’ambar (s.a.v.) ellik to’qqiz yoshda edilar.
S. 12: Payg’ambar (s.a.v.)ning Maymuna (r.a.) bilan nikohlari qayerda amalga oshgan?
J.: Makkadan o’n kilometircha masofada joylashgan Sarif degan joyda.
S. 13: Maymuna (r.a.) Payg’ambar (s.a.v.) ga turmushga chiqqan joylarida vafot etganlari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 14: Abbos (r.a.)ning Payg’ambar (s.a.v.)ni Maymuna (r.a.)ga uylanishga taklif qilganlari rostimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 15: Maymuna (r.a.) Makkadan Sarifga, Payg’ambar (s.a.v.)ning yonlariga kim bilan kelganlar?
J.: Ularni xizmatkorlari Abu Rafi’ kuzatib kelganlar.
S. 16: Abbos (r.a.)ning xotinlari Ummu al-Fadl (r.a.)ning singlisi bo’lgan mo’minlarning onasi kim edi?
J.: Maymuna (r.a.) edilar.
S. 17: Xolid ibn Validning [54] xolasi bo’lgan mo’minlarning onasi kim edi?
J.: Maymuna (r.a.).
S. 18: Musulmonlar Makkani fath qilganlarida Payg’ambar (s.a.v.) bilan birga bo’lgan mo’minlarning onalari kimlar edi?
J.: Ummu Salama va Maymuna (Alloh ikkalovlaridan ham rozi bo’lsin).
S. 19: Qul ozod qilishni yaxshi ko’rgan mo’minlar onasining ismlari nima edi?
J.: Maymuna (r.a.).
S. 20: Mo’minlarning onasi Oisha (r.a.) kim haqlarida: «U bizlarning hammamizdan ko’ra Allohdan qo’rquvchiroq va silai rahim qilguvchiroq edi?» - deganlar?
J.: Maymuna (r.a.) haqlarida.
S.21: Bir kuni Maymuna (r.a.)ning cho’rilari ularga Abdulloh ibn Abbos (r.a.) xotinlari hayz ko’rgan davrida undan alohida yotganligini aytdi. Bunga javoban Maymuna (r.a.) nima dedilar?
J.: Maymuna (r.a.) unga: «Borib undan so’ra, u Payg’ambar (s.a.v)ning bunday paytlarda bizlar bilan yotganligi sunnatidan nega chetga chiqadi?” – dedilar.
S. 22: Maymuna (r.a.)ning tillaridan nechta hadis rivoyat qilingan?
J.: O’ttizta hadis rivoyat qilingan bo’lib, ulardan bittasi al-Buxoriyning «Sahih»larida, beshtasi – Muslimning «Sahih»larida, qolganlari «Sunan»larda keltiriladi [55].
S. 23: Maymuna (r.a.) Payg’ambar (s.a.v.) bilan necha yil birga yashadilar?
J.: Uch yilu uch oy.
S. 24: Mo’minlarning onasi Maymuna (r.a.) qachon vafot etdilar?
J.: Ular hijratning 51 yilida vafot etganlar.
S. 25: Ular necha yoshlarida vafot etganlar?
J.: Ular bunda sakson yoshda edilar.
S. 26: Mo’minlarning onasi Maymuna (r.a.)ning janaza namozlarini kim o’qigan?
J.: Abdulloh ibn Abbos (r.a.).
S. 27: Maymuna (r.a.)ning jasadlarini dafn qilish uchun Sarifga olib kelayotganlarida Abdulloh ibn Abbos (ikkalovlaridan ham Alloh rozi bo’lsin) nima degan edilar?
J.: Abdulloh ibn Abbos (Alloh undan rozi bo’lsin): «Ular sizning onalaringiz va Payg’ambar (s.a.v.)ning zavjalaridir, ularning jasadlarini silkitmasdan, ehtiyot qilib olib boringlar», - degan edilar. (Ibn Sa’da. Tabaqot, 8/140).
S. 28: Mo’minlarning onasi Maymuna (r.a.) qayerga dafn qilinganlar?
J.: Ular Sarifda dafn qilinganlar.
Thursday, 09chi Sep
Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT
Yangiliklar:



