Ayol.Uz

Tuesday, 07chi Sep

Oxirgi yangilanish09:02:34 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ayol va Jamiyat Ayol va qonun MEHNAT KAFOLATLARI (Buni onalar bilishlari kerak)

MEHNAT KAFOLATLARI (Buni onalar bilishlari kerak)

Э-почта Print PDF

Ishga qabul qilish

Ayollarni homiladorligi yoki bolalari borligi  uchun ishga qabul qilishdan bosh tortish yoki oylik maoshini pasaytirish ta'qiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshgacha bolasi bo’lgan ayolni ishga olishdan bosh tortgan ish beruvchi bosh tortish sabablari haqida unga yozma ravishda bildirishga majbur. Ishga qabul qilishdan bosh tortish masalasi, hatto ish beruvchi rad qilish sabablarini yozma tarzda asoslamagan bo’lsa ham, sudga shikoyat qilinishi mumkin (Mehnat kodeksining (bundan keyin MK) 76 va 224 moddalari). Homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar ishga daslabki sinovsiz qabul qilinadilar (MKning 84 moddasi).


Mehnat sharoitlari

Homilador ayollar va ikki yoshgacha bolasi bo’lgan ayollar sog’lig’iga ko’ra, bu haqda arizasi va tibbiy xulosa bo’lgan holda, boshqa yingilroq yoki ishlab chiqarish omillari  yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lmagan bosqa ishga o’tish huquqiga ega (MKning 226, 96 moddalari).
Uch yoshgacha bolasi bo’lgan va byudjet tomonidan moliyalanadigan korxona va tashkilotlarda ishlaydigan ayollar uchun qisqartirilgan – haftada o’ttiz besh soatdan oshiq bo’lmagan ish vaqti belgilanadi. Bunda ish haqi shu toifadagi ishchilar kundalik to’liq ish kunida oladiganiga teng miqdorda to’lanadi (MKning 228-1 moddasi).
Homilador ayolning, o’nto’rt yoshgacha bolasi bo’lgan (nogiron bolasi bu’lsa – o’n olti yoshgacha) ayolning, shu jumladan bola unung qaramog’ida bo’lsa ham, shuningdek oiladagi kasal kishiga qarayotgan kishining iltimosiga ko’ra (mavjud tibbiy xulosaga muvofiq) ish beruvchi  ularga to’liq bo’lmagan ish kuni  yoki to’liq bo’lmagan ish haftasi belgilashga majbur (MKning 119,229 moddalari).
O’n tort yoshgacha bolalari bo’lgan (bolasi nogiron bo’lsa – o’n olti yoshgacha) ayollar, ularning roziligisiz kechki paytdagi ishlarga, ish vaqtidan keyingi ishlarga, dam olish kunidagi ishlarga jalb qilinishiga va mehnat safariga yuborilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bunda kech paytidagi ishlarga uch yoshgacha bolasi bo’lgan ayollarni jalb qilish bunday ishlar onaning va bolaning sog’lig’iga xavf solmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgandagina yo’l qo’yiladi (MKning 228 moddasi).

Ta’til berishlar

Ayollarga birinchi yil uchun asosiy mehnat ta’tili ularning xohishiga ko’ra homiladorlik, tug’ish bilan bog’liq beriladigan ta’tillardan oldin yoki undan keyin ishlaganiga olti oy to’lmagan bo’lsa ham beriladi (MKning 143 moddasi). Homiladar ayollarga va tuqqan xotinlarga har yillik ta’til ularning xohishlariga ko’ra homiladorlik va tug’ish bilan bog’liq ta’tildan oldin yoki undan keyin yoyinki bolaga qarash uchun beriladigan ta’tildan keyin beriladi.
Yolg’z ota-onalarga (beva ayollarga, beva erkaklarga, ajrashganlarga, yolg’z onalarga), bir va undan ortiq o’n to’rt yoshgacha bola tarbiyalayotgan ( agar bola nogiron bo’lsa – o’n olti yoshgacha) muddatli harbiy xizmatchilarning xotinlariga ta’til, ishlovchilarning xohishlariga ko’ra,  yozda yoki ular uchun qulay bo’lgan vaqtda beriladi (MKning 144 moddasi).
Mehnat kodeksining 232, 233, 234, 235 moddalariga ko’ra homiladorlik va tuqqanlik uchun, shuningdek, bolaga qarab turish uchun bulardan tashqari quydagi ijtimoiy ta’til ham beriladi:
a)    homiladorlik va tuqqanlik ucun muddati yitmish kalendar kuni miqdorida tuqquncha va ellik olti (murakkablashgan tugish yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilganda – yitmish) kalendar kun miqdorida tuqqandan keyin butun homiladorlik va tug’ish bilan bog’liq ta’til mobaynida miqdori to’liq ish haqiga teng bo’lgan nafaqa to’lanuvchi ta’til;
b)    ikki va undan ortiq o’n ikki yoshgacha bolasi bo’lgan  yoki o’n olti yoshgacha nogiron bolasi bo’lgan ayollarga har yili uch ish kundan kam bo’lmagan mudat bilan haq to’lanadigan ta’til, xohishga ko’ra – muddati un tort kungachadan kam bo’lmagan haq to’llanmaydigan qo’shimcha ta’til;
c)    homiladorlik va tug’ish bilan bog’liq ta’tillar tugaganidan so’ng xohishga ko’ra  - bola ikki yoshga to’lgunga qadar ikki minimal oklad miqdoridagi nafaqa bilan bolaga qarab turish uchun qo’shimcha ta’til;
d)    bola uch yoshga to’lgunicha unga qarab turish uchun pul to’lanmaydigan qo’shimcha ta’til va h.k.

 

Fikrlar (0)Add Comment

Fikr bildirish
kichikroq | kattaroq

security code
Yuqoridagi harflarni kiriting


busy