Savol 1: Moriya Qibtiya [56] (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Ular Muqavqic (Misr voliiysi) Payg’ambar (s.a.v.)ga sovg’a qilib yuborgan misrlik ayol edilar.
S. 2: Ular Payg’ambar (s.a.v.)ga o’g’illari Ibrohimni tug’ib berganlari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 3: Moriya (r.a.) Madinaning aynan qayerida yashaganlar?
J.: Ular Oliya mahallasida yashaganlar.
S.4: Ibrohim qachon tug’ilgan?
J.: Ibrohim hijratning 7 yilida tug’ilgan.
S. 5: Rayxona binti Sham’un ibn Zayd an-Nadiriy (r.a.) kim bo’lganlar?
J.: Rayxona binti Sham’un banu Qurayza qabilasiga qarshi yurishda asr olingan cho’ri ayol edilar.
S. 6: Qur’onning qaysi oyatida Alloh Payg’ambar (s.a.v.)ga to’rttadan ortiq ayolga va cho’rilariga uylanishlariga ruxsat berganligi haqida aytiladi?
J.: “Ahzob” surasida shunday deyilgan: “Ey Payg’ambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini [58] bergan jуftlaringizni, Alloh sizga (jangu jadallarda) o’lja qilib bergan qo’l ostingizdagi cho’rilaringizni [59], siz bilan birga hijrat qilgan [60] amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog’angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo’mina ayolni — agar u o’zini Payg’ambarga hadya etsayu [61], Payg’ambar uni (haqqi mahr bermay) o’z nikohiga olishni istasa [62] - (mazkur ayollarning barchasini Biz siz uchun) halol qildik. (O’zini hadya etgan ayolga haqqi mahrini bermasdan uylanish ijozati) mo’minlar uchun emas, xolic siz uchundir. Biz (mo’minlarga) jуftlari va qo’l ostilaridagi cho’rilari haqida farz qilgan hukmlarimiz [63] esa aniq ma’lumdir. Toki sizga tanglik bo’lmasligi uchun (Biz sizga mazkur imtiyozlarni berdik). Alloh mag’firatli va mehribon bo’lgan zotdir. (“Ahzob”, 50)
S. 7: Qur’onning qaysi surasida mo’minlar onalarining oliy maqomlari haqida eslatiladi?
J.: “Ahzob” surasida shunday deyiladi: “Payg’ambar mo’minlarning o’zlaridan ham haqdorroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridirlar”. (“Ahzob”, 6).
S. 9: Payg’ambar (s.a.v.) qanday diniy maqsad bilan shuncha ko’p ayollarni nikohlariga olganlar?
J.: Payg’ambar (s.a.v.) keyinroq boshqa ayollar orasida islom ta’limotini yoyishlari uchun turli yoshga to’lgan va turli qobiliyatlarga ega bo’lgan bir qancha ayolni tanlab olib, ularga muntazam ta’lim berishni maqsad qilib qo’ygan edilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat:
1 - Mуqaddas Qur’oni Sharif.
2 – “Sahih”i al-Buxoriy.
3 – “Sahih”i Muslim.
4 – “Jomiiy” at-Termiziy.
5 – Ibn Hishom. “Sira”.
6 – Az-Zahobiy. “Siyari a’lam an-nubala”.
7 – Safiur-Rahmon Muborakfuriy. “Ar-rohiq al-mahtum”.
8 – Al-Mizziy. “Tuhfatul ashraf”.
9 – Ibn Asir. “Usul al-g’oba”.
10 – Ibn Hojar. “Al-Isoba”.
11 – Imom Ahmad ibn Hanbal. “Musnad”.
12 – Ibn Hojar. “Fath al-Boriy”.
13 – Faran Sayyid. “Siyrati kuyiz”.
14 – Ali Asg’ar Chovduriy. “Mo’minlarning onalari”.
IZOHLAR:
[1] – “Sahih”i al-Buxoriy, hadis № 3.
[2] – Jabroil farishta nazarda tutilayotir.
[3] - Qaralsin: “Sahih”i al-Buxoriy, hadis № 3.
[4] - Qaralsin: «Sahih»i al-Buxoriy, hadis № 3.
[5] - Imom Ahmad. “Musnad”, 6/117, 118.
[6] – Payg’ambar (s.a.v.)ning Xadicha (r.a.) haqlarida maqtab gapirganlari nazarda tutilayapti.
[7] – Ya’ni, hayajonga tushirdi.
[8] – Oshlangan qo’y terisidan mesh qilinib, suv to’ldirilgani, unga maza berish uchun xurmo tashlanganligi nazarda tutilayotir.
[9] – tuyaning yelkasida mahkamlab qo’yiladigan ayollar uchun maxsus tayyorlangan taxtiravon nazarda tutilayapti.
[10] – unda hali Oisha (r.a.) o’n besh yoshga to’lmagan edilar.
[11] – ”Baqara”, 156.
[12] – Oisha (r.a.) bu ishni qilishi kerak bo’lgan kishi og’ir gunoh qilganligini nazarda tutayaptilar.
[13] – Madinadagi joy nomi.
[14] – 624 yilning mart oyida Badrda bo’lib o’tgan jang musulmonlarning o’zlaridan kuchli bo’lgan dushman ustidan qozonilgan ilk harbiy g’alaba bo’ldi. Uning ishtirokchilari musulmonlar o’rtasida alohida hurmatga sazavor edilar.
[15] – Oisha (r.a.)ni erlariga Safvon ibn al-Mу’attal as Sulamiy bilan xiyonat qilganlikda ayblovchi yolg’on ayblov nazarda tutiladi.
[16] – Tuhmatchilar tomonidan eriga xiyonat qilganlkda ayblangan Oisha (r.a.)ning aybi haqida va bunday holda nima qilish kerakligi haqida Alloh taolo tomonidan nozil qilingan vahiy nazarda tutilayotir.
[17] – Ya’ni, Oisha (r.a.) bilan.
[18] – Safvon (r.a.) nazarda tutiladi.
[19] – Ya’ni, Oisha (r.a.)ning ota-onalari.
[20] – Boshqacha qilib aytganda: “Allohdan boshqa (ibodat qilishga loyiq) iloh yo’q va Muhammad – Allohning vakilidur (Ash’hadu al-la ilaha illa-llahu va anna Muhammadan - rasulu-llahi)”, - dedi.
[21] – “Yusuf”, 18.
[22] – “Nur”, 11.
[23] – “Nur”, 22.
[24] - Zaynab binti Jaxsh (r.a.) – Payg’ambar (s.a.v.)ning zavjalaridan biri.
[25] – Oisha (r.a.) aytmoqchilarki, Alloh Zaynabga shunday bir taqvo in’om etdiki, bu narsa unga Oishaga nicbatan tuhmat qilishdek gunohni bo’yniga olishiga yo’l qo’umadi.
[26] - Qaralsin: “Siyar a’lam an-nubala’”, 2/139.
[27] - Sadaqa – kambag’allarga beriladigan xayru-ehson.
[28] – Mu’oviya (r.a.) (661 - 680) – Ummaviylar sulolasidagi dastlabki xalifa.
[29] - Basra – Suriyaning janubidagi shahar.
[30] – 656 yilda Bucrada bir tomondan Ali (r.a.) tarafdorlari, ikkinchi tomondan Oisha, Talha va az-Zubayr (hammalaridan Alloh rozi bo’lsin) larning tarafdorlari qatnashgan jang haqida so’z ketayapti. Jangning bunday atalishiga sabab shuki, Oisha (r.a.) uning borishini tuyaning ustiga o’rnatilgan taxtiravondan turib kuzatib turganlar.
[31] - Mag’ofir – yoqimsiz hidli gulning nomi.
[32] - Sarid – ichiga non to’g’raladigan xo’rda.
[33] – Bu erda so’z “Tuya jangi” haqida bormoqda.
[34] – Oisha (r.a.) va Payg’ambar (s.a.v.)lar nazarda tutilayapti.
[35] – Ya’ni, Alloh uchun.
[36] – Payg’ambar (s.a.v.)ning vafotlaridan oldingi kasalliklari nazarda tutilmoqda.
[37] – Ya’ni ularnikiga Payg’ambar (s.a.v.) kelgan kun nazarda tutilmoqda.
[38] – Payg’ambar (s.a.v.)ning boshqa zavjalari nazarda tutilmoqda.
[39] – So’z sovg’alar haqida borayotir.
[40] – Ka’bani qayta qurish va ta’mirlash ishlari qurayshliklar tomonidan 603 yoki 605 yilda amalga oshirilgan.
[41] - G’oba – Madina atrofidagi yaylov.
[42] - Uhud – Madina yaqinidagi tog’ bo’lib, 625 yilda u erda musulmonlar va Badr jangidagi mag’lуbiyat uchun o’ch olmoqchi bo’lgan qurayshliklar o’rtasida jang bo’lgan. Uhud jangida musulmonlar yutqazganlar.
[43] – 628 yilda Payg’ambar (s.a.v) bir yarim ming sahobalari hamrohligida Madinadan Makkaga umra (kichik haj) qilish uchun jo’nadilar. Maka octonalarida maka mushriklari ularning yo’lini to’sishib, musulmonlarni shaharga kiritmaslikka qaror qildilar. Qurolli qarshilik sulh uуzish blan tugab, uning shartiga asosan musulmonlar ortlariga qaytishlari kerak edi, ammo ularga keyingi yilda haj qilish huquqi berilgan edi.
[44] – Xafagarchilikning sababai shunda ediki, musulmonlar Makkaga kirmadilar, shuning uchun, garchi Payg’ambar (s.a.v.) qurbonliklarini so’yishga va sochlarini oldirishga chaqirgan holda bunday emasligiga ishontirsalarda, o’zlarining umralarini amalga oshmagan deb hisobladilar.
[45] - Qaralsin: “Siyar a’lam an-nubala’ ”, 2/210.
[46] – Ularning o’limi bular uchun musibat bo’lganligi nazarda tutilmoqda.
[47] – Ya’ni, unga sizga bu haqida to’g’ridan-to’g’ri gapirish uyat.
[48] – Payg’ambar (s.a.v.)ning zavjai mуharramalari nazarda tutilmoqda.
[49] – Ya’ni, musulmonlardan kambag’allarga berish uchun to’plangan soliq. Payg’ambar (s.a.v.) va ularning oila a’zolariga bunday taomdan eyish ta’qiqlangandir. Bu yerda bir kambag’al ayol tomonidan sadaqa sifatida olingan va undan keyin Juvayriya (r.a.)ga sovg’a qilingan taom haqida so’z yuritilayaptiki, buning natijasida u sovg’a sifatida Payg’ambar (s.a.v.)ning oila a’zolari uchun istemol qilinishi mumkin bo’lib qoldi.
[50] – ya’ni, taxminan 593 yilda.
[51] - Negus - Habashiston imperatorining unvoni.
[52] – Ali ibn Abu Tolib (r.a.)ning tug’ishgan akalari.
[53] - Xaybar - Madinaning shimolidagi vodiy.
[54] - Xolid ibin Volid (r.a.) – mash’hur musulmon sarkardasi.
[55] – Ya’ni, Abu Dovуd, at-Termiziy, an-Nasoiy va Ibn Mojalar tomonidan to’plangan hadislar to’plamlari, ular “Sunan” deb ataladi.
[56] – Ya’ni, qibtiylar orasidan Moriya.
[57] – Rayxona (r.a.) – Payg’ambar (s.a.v.)ning joriyalari.
[58] – Nikoh sovg’asi (mahr) ko’zda tutilib, u mulk, qimmatbaho buyumlar yoki pul bo’lishi mumkin.
[59] – Harbiy o’lja sifatida qo’lga olingan asiralar ko’zda tutilmoqda.
[60] – Ya’ni, Makkadan Madinaga ko’chib o’tdilar.
[61] – Ya’ni, u ayol Payg’ambar (s.a.v.)ga mahrsiz turmushga chiqishga rozi bo’lsa.
[62] – Ya’ni, mahrsiz turmushga chiqishga rozi bo’lgan ayolga uylanish
[63] – Boshqa mo’minlar nazarda tutilmoqda.



