Kuni kecha tahririyatimizga muxlisamizdan quyidagicha maktub keldi.
" Assalomu alaykum ayol.uz, sizlarga murojaat qilishimdan maqsad man 13 haftalik homiladorman. Qonimi tekshirtirganimda qonim rezus minus chiqdi. Birinchi homilam 6 haftaligida tushgan edi. Bolamning qoni rezus plus bo'lsa bolamga tasir kursatadimi yoki buni davosi bormi? Javobingiz uchun oldindan minnatdoman"
Quyida keltirilgan maqola qo`yilgan savollarga javob beradi degan umiddamiz.
Ko`pchilik manfiy va musbat rezus faktorlar mavjudligini biladi. Ayolning manfiy rezus faktorga tegishliligi homiladorlikning og`irroq o`tishiga sabab bo`lishi mumkin. Rezus ta’siridan saqlanish mumkinmi? Bu haqda mutahassis fikri bilan tanishaylik.
Rezus qonda o`ziga hos oqsillarning bor-yo`qligi bilan aniqlanadi. Bunday oqsillarga ega odamning rezusi musbat bo`ladi. Yerning 85% ga yaqin aholisi musbat rezus sohibidir. Agar yuqorida zikr etilgan oqsillar qonda mavjud bo`lmasa demak bunday odam manfiy rezusga egadir. Bu yaxshimi yo yomonmi? Qonning rezus-faktori ayol va homilaning o`zaro munosabati hamda bolaning tug`ilgandan keyingi hayotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Homiladorlikka tayyorgarlik


