Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Taxririyatdan Yodnoma

Yodnoma

Farishtalar oshiqmidi yuzingizga

Э-почта Print PDF

Hafiza  opam haqida xotira yozish menga juda og’ir. Ular bilan ilk bora tanishganimda oliygoh talabasi edim. Esimda...  saxiy bahor quyoshi yer yuzini ilitib,   qorlar endi  eriyotgan va ilk giyohlar bosh ko’targan mahallar. Shahristonda ajoyib bir olima ayol borligini, uning suhbati  bahoriy tarovatlardan ham go’zalroqligini eshitib, ilk bor ularning xonadoni eshigini qoqdim. Eshik ochgan qoramag’iz, kulcha yuz, oddiy ayol olima ekanligiga  ishonmadim. Ular boshqa ilm sohibalaridan farqli o’laroq, yo’qlab kelgan mehmonni kibr, manmanlik bilan emas, shirin tabassum  va bir piyola choy bilan kutib olar ekanlar.  Katta mehmonxona to’ridagi tokchada did bilan terilgan kitoblar, stol ustida ochiq turgan, hali siyohi qurimagan qo’lyozmalarga qarabgina, uy egalarining ziyoli odamlar ekanligiga ishondim. Men  juda hayajonlanayotgan edim. Chunki bunday insonlarning   vaqtini olib,   ishidan  qoldirishning o’zi noqulay. Shunday bo’lsada, bir piyola choy ustida kechgan suhbatimiz juda maroqli kechdi. Biz sharq faylasuflarining durdona asarlari, Boburiylarning Hindiston ravnaqidagi xizmatlari, Sa'diy Sheroziyning ilohiy misralari va boshqa mavzularda fikr almashdik. Men suhbat davomida  bir chetga olib qo’yilgan boyagi daftarlarga qarab-qarab qo’yardim. Adabiyotning turli vakillari haqida ajoyib ma'lumotlarni bilgan, ularni yuzlab misralarini  sharhi bilan aytayotgan olimaning o’zi nimalar yozayotgani bilan qiziqayotgan edim.

Sen ketding

Э-почта Print PDF

Sen ketding, go'yoki yolg'iz uyimdek
Qalbim ham huvillab kimsasiz qoldi.
Sen ketding, hisobsiz orzu-o'yimdek
Shirin rejalarim sarob, yo'qoldi.

Bu telba hayotim endi bir sahro,
Uni chaman etgan bog'bonim eding.
Umrim sarhadlarda bir karvon, go'yo
Uni boshqaruvchi sarbonim eding.

Ukamning to'yida

Э-почта Print PDF



Onajon, qabringiz uzra
ko'karganda gul chechak,
Uyingizga qadam qo'ydi
Siz istagan kelinchak.


Sog`inch

Э-почта Print PDF



Bu dunyo judoliklar dunyosi ekan. Alloh Ta’olo bir yoqdan bersa, bir yoqdan olar ekan. Shu bilan birga inson qalbida sog`inch hisini muhrlar ekan. Mana bugun onamsiz yashayotganimga roppa rosa uch yil bo’libdi. Yillar osha sog`inch hisi ham kattalashib bormoqda. Har kun, har qanday ahvolda yonimda suyanchim, himoyachim-onam yo`qligi sezilib turadi. Kasal bo’lsam holimni so`ragan, shifohonada yotsam hammadan oldin kelib ko`rgan, tug`ruqhonadaligimda tinmay yelib yugurgan onamning qadri ayniqsa vafotlaridan so`ng farzand ko`rganimda bilindi.

Xotiralar

Э-почта Print PDF

Buvim… Qadrdonim… Ayamning hidlarini sog’inganda buvimdan topaman. Uzoq ayriliqdan so’ng ko’rishganimizda bag’rimni bag’rlariga bosib to’yib-to’yib hidlayman. Shunda: “Hafizaning hidi keladi sendan, bolam” deb yig’laydilar.

Allohim yetti farzand berib, ularning hammasini oyoqqa tug’izishni, baxtini ko`rishni nasib etgan, ketma-ket uch farzandidan judo qilib sinaganda o’zlarida sabr uchun kuch topa olgan buvim… Sizning matonatingiz oldida bosh egaman.

Ayol

Э-почта Print PDF

 

Jannatni bag`riga yashirgan gulim,

Do`zaxda tillari kuymas bulbulim,

Bolasin quchganda chekingan o`lim,

Dunyo nafas olgan havosan, ayol.

Shu qo’shiqni eshitsam, ayajonimni eslayman. Juda yaxshi ko`rardilar uni… Nazarimda bu qo`shiq huddi ular uchun bitilganday, eshitsam ularning hayoti gavdalanadi ko`z o`ngimda…

Yodnoma

Э-почта Print PDF

Fojeali o’lim oramizdan ajoyib inson, jurnalimizning asoschisi va bosh muharriri, taniqli olim, falsafa fanlari nomzodi, o’tkir qalamli jurnalist, jonkuyar va faol jamoat arbobi HAFIZA NASRULLOHni olib ketdi. 2002 yil 11 dekabr kuni Samarqand-Toshkent yo’nalishidagi avtohalokat tufayli u olamdan ko’z yumdi.