Maktab oldi davri
BOLALAR NIMA UCHUN YOLG’ON GAPIRADILAR?
BOLALARNING O’Z TANASINI O’RGANISH DAVRI VA ULARDA SHARM-HAYO HISSINI TARBIYALASH
Taxminan 3 yoshlardan boshlab ko’pchilik bolalar o’z tana a’zolari bilan, jinsiy a’zolari o’rtasidagi farq bilan qiziqa boshlaydilar. Bolalar budan ancha oldin ham genetal organlariga qiziqsinib qarab, ularga tegina boshlashadi, ammo bu hali ma’lum maqsadga qaratilmagan hatti-harakat bo’ladi. Bola ilgari o’z qo’li, oyog’i, burnini qanday payqagan bo’lsa, endi o’z jinsiy a’zolarini ham shunday payqay boshlaydi… Bu davrda bola atrofdagi barcha narsalarni, shu jumladan o’zini ham boshdan oyoq diqqat bilan o’rgana boshlaydi. Bola oynaga qarab o’z tilini qanchalik qiziqib o'rgansa, genetal a’zosini ham shunday bir xil qiziqish bilan o’rganib, ular haqida o‘zining sevimli “nega bunaqa?” savolini berishi mumkin. Bu tabiiy jarayon. Shuning uchun bunday savollarni yumshoqlik, bosiqlik bilan “chetlab o’tish” kerak, bolaga qilayotgan bu ishi yaxshi emasligi yoki uning jinsiy a’zosi qandaydir uyatli, yomon narsa ekanligi haqidagi fikrlarni singdirmaslik kerak. Axir siz farzandingiz o’z tana a’zolariga nisbatan sog’lom, tabiiy munosabatda bo’lishini istaysiz-ku. Agar tananinig qaysidir qismi bolani qanchalik qo’rqitadigan bo’lsa, bu narsa uning e’tiborini shunchalik ko’proq tortadi va oxir-oqibat yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Agar siz farzandingiz o’z jinsiy a’zosi bilan o’ynab o’tirganini ko’rib qolsangiz o’zingizning beo’xshov hatti-harakatingiz bilan, bolangiz shu ishni qiladigan bo’lsa uning o’zi yoki jinsiy a’zosi bilan nimadir sodir bo’lishi haqidagi afsonalar to’qish bilan uni qo’rqitib yubormang. Afsuski, ba’zi kishilarda u yoki bu tarzda bunday o’ta qo’pol munosabat tez-tez uchrab turadi. Kichkintoyni yumshoqlik bilan boshqa bir narsaga chalg’itish mumkin, axir siz uning bu narsani qilmasligini istaysiz, ammo uning o’zini jinoyatchi deb his qilishini va unda qandaydir bo’lmag’ur fikrlar o’rnashib qolishini istamaysizku. Ba’zi bolalar boshqa bolalar bilan o’ynaganlarida bir-birlariga qarashlari, ularning a’zolarini o’rganishlari va hatto “Vrachning qabulida bo’lish” o’yinini tashkil etishlari ham mumkin.
Maktab oldi davri


