Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ona va Bola O’spirinlik

O'spirinlik

BUGUNGI KUN O’YLARI...

Э-почта Print PDF

Bugungi kun bolalarini ko’raman-u, bolaligimni eslayman. Juda ajoyib damlar edi o’sha vaqtlar. Ko’cha changitar, darsga borib, o’qituvchining so’zlarini tinglab orom olar, go’yo sehrlangandyek o’tirardik... Iloji boricha yaxshi o’qishga, a’lo baholar olib, uydagilarga maqtanishga tirishardik... Kechalari ertak eshitmasak, uxlolmas, tinglaganimizda esa butun tanimiz, qalbimiz quloqqa aylanib ketardi. Biz uchun ota-ona dunyodagi eng tengi yo’q, o’xshashi yo’q kishilar edi. Ular haqida o’ylaganimizda ko’z oldimizga faqat va faqat yaxshiliklar, o’rnak hamda namunali zotlar kelardi... Bunday taassurot hali-hanuz saqlanib qolgan. Biz garchi bolaligimizda o’ta romantik, sodda va dunyodan faqat yaxshilik qidirib o’sgan bo’lishimizga qaramasdan hayotni, odamlarni o’rganishga harakat qilar, o’zimizdan kattani hurmat, kichikni izzat qilishimiz kerakligini yaxshi anglardik...
Darhaqiqat, bugungi bolalarni ko’raman-u, bolaligimni eslayman. Bugungi bolalar bundan o’n-o’n besh yil oldingi bolalardan keskin farq qiladi. Zamonaviy bolalarimiz avvalgilarga nisbatan ancha narsani bilishini barcha e’tirof etadi. Ular hayotni tez anglab, eslarini tez tanishmoqda. Avvallari urf bo’lgan “aldagani bola yaxshi” degan maqolni endi qo’llab bo’lmaydi. Zero, bugungi bolalarni aldashingiz amri mahol. Ular shunchalar ko’p narsa bilishadiki, ularning yoshlarida bundan o’n yil oldingi avlod bu narsalarni bilishi mumkin ham emas edi. Bunga, albatta, informatsiya asrining ta’sirini va fan-texnika yutuqlarining hayotimizga juda tez kirib kelishini sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Avvallari bolalar harakatli o’yinlardan ortmagan bo’lishsa, bugungi kun bolalari texnologik o’yinlardan bo’shashmaydi. Ilgarilari juda kam uchraydigan kompyuter va uyali telefonlarni bugungi kunda barchaning xonadonida ko’rishimiz mumkin. Ular ichida, ayniqsa, uyali aloqa vositalari shu darajada tabiiy ravishda turmushimizning ajralmas bir qismiga aylanib qoldiki, natijada ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmayapmiz. Aytish kerakki, bunday aloqa vositalari kundalik hayotimizda juda asqotadigan buyumlar sirasiga kiradi. U orqali uzog’imiz yaqin, og’irimiz yengil bo’lmoqda. Turmushimiz farovonlashib shu darajaga yetdiki, ota-onalar farzandlaridan xavotir olmaslik uchun ularga ham xuddi shunday telefon apparatlari olib berishmoqda va natijada jigargo’shalarining qayerda, qanday ahvolda ekanligidan xabardor bo’lib turishibdi. Bu yaxshi albatta, biroq har qanday narsaning yaxshi tomoni bo’lgani kabi yomon tomonining uchrashi ham bor gap...

Foydali va zararli shirinliklar

Э-почта Print PDF

ImageMening kichik o`g`lim bir yoshida bir marta kоnfet tatib ko`rdiyu, shirinlikka mukkasidan ketdi. Kattasini ham shirinlikdan qulоg`idan tоrtib оlоlmaymiz.

Shirinlik ham narkоtikka o`xshab, uni iste’mоl qilganda miyada endоrfin ishlab chiqarib, tinchlantiradi. Shirinlikdagi aminоkislоtalar baxt gormоnlarini ham ishlab chiqarishga qоdir. Yosh bоlalar ham, kattalar ham shirindikka  stress holatida ko`proq moil bo`ladilar. Shirinlik istemol qilish bolalarda ham, kattalarda ham buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladigan va organizmni moslashishga o`rgatadigan gormonlar-glyukokortikoidlarning kamayishiga olib keladi.


Pul va bola

Э-почта Print PDF

ImageBolalar psixologlari bolaga olti yoshdan boshlab o`z xarajatlari uchun pul bera boshlash kerak degan fikrdalar. Bu unda mustaqillik hissini tarbiyalar ekan. Kichkintoyga haftada bir marta muzqaymoq, shirinlik yoki kichkina o`yinchoq uchun biroz pul berib tursa bo`ladi.

Maktab o`quvchisiga ovqat va yo`l xarajatlari uchun pul ajrating. Yuqori sinf o`quvchilari kattalar bergan pulga o`zlari uchun kiyim kechak olishlari mumkin. Ammo xarajatlarni nazorat qilishni hech qachon unutmang; yig`ib borilgan mayda pullar bora-bora sigaret pachkasi yohud pivo shishasiga aylanmasin.

Uyda yolg`iz

Э-почта Print PDF

ImageErtami kech, ota-onada bolani necha yoshdan boshlab uyda o`zini qoldirish mumkin degan savol vujudga keladi.

Psixologlar fikricha, hammasi bolaning temperamentiga bog`liq. Shuningdek, ota-onaing bolani ne chog`lik po'sh-po'shlashi ham bu masalaga ta'sir qiladi.  Ba'zi bolalar besh yoshidayoq o`zlari uchun bir-ikki soatlik mashg`ulot topib, kattalar kelgunlaricha hech kimga eshik ochmay yolg`iz o`tira oladilar. Boshqalar esa o`n ikki yoshda ham yarim soatlik yolg`zlikka bardosh bera olmaydilar.

 

O`tish yoshi qiyinchiliklari, ularni qanday hal qilish mumkin?

Э-почта Print PDF
ImageO`tish yoshi - bu muammo faqatgina kayfiyati bir soatning ichida manfiydan musbatga qarab bir necha bor o`zgaradigan o`spirinniki emas. Bu muammo butun oilaga tegishlidir, chunki u bilan yashashimiz, munosabat bildirishimiz, chidashimiz yoki ko`z yumishimiz kerak. O'spirinlikda kechadigan, muammolarga boy bo'lgan bunday davrning sababi nimada? Keling, shu savolga javob izlaylik.

Bolalar uchun applikasiyalar

Э-почта Print PDF
ImageBola hayotida o`yin juda muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa bu o`yinni u otasi yoki onasi bilan o`ynasa. Chunki bola bu o`yin bilan hayotni o`rganadi, o`ziga qandaydir hayotiy prinsiplar quradi. Musulmon kishi farzandi unga bir omonat qilib bеrilganini tushunadi va bu omonat uchun Alloh huzurida javob bеrish mas’uliyatini ham qochirmaydi.
Ammo ko`pgina hollarda afsuski farzandlarimizga bo`lgan qiziqishimiz so`nib bormoqda. Soatlarcha int
еrnеt orqali boshqalar bilan gaplasha olamizu, ammo farzandimizga kеlganda baxillik qilamiz.

Ranglar va shakllar dasturi

Э-почта Print PDF
O`zbek tilida kichik bolalarga mo`ljallangan multimedia dasturi ishlab chiqarilganidan xabaringiz bormi? Dastur "Ranglar va shakllar" deb nomlanib, eng kichik yoshdagi bolajonlarimizga rang va shakllarni, kompyuter bilan ishlashning boshlang`ich ko`nikmalarini o`rgatadi. Dastur bolajonlarga juda manzur bo`lmoqda. Negaki, u avvalam bor rangba-rang. O`ziga hos ovoz bezagiga ega; qizaloq va bolakaylarning shiringina ovozlari o'yinlarni yana-da qiziqarli qilib turadi.

Sifatli kitoblarni kutib o'tiraveramizmi?

Э-почта Print PDF

Image Saytimizga qo'yilgan Hulkar Nuritdinova qalamiga mansub "Chaqalog'ingiz nimalar o'qiydi" nomli maqolasini o'qib chiqdim. To'g'risi, maqola meni o'ylantirib qo'ydi. O'zimning "chaqalog'im" ancha katta bo'ib qolgan bo'lsa-da, u yaxshi ko'rib o'qiydigan kitoblar ichida qalin, sifatli, antiqalari deyarli yo'q. Aksar kitobchalari hozirda o'zbek tilida chop etilayotgan broshyurasifat kitobchalardir. Ular qiziqarli, rangba-rang, chiroyli, lekin ularning yagona kamchiligi shundaki, to'polonchi bolalar qo'lida sihat-salomatlik bilan uzoq umr ko'ra olmaydilar.

Tugmachalardan bolalarning aqliy rivojlanishi uchun turli narsalar yasaymiz.

Э-почта Print PDF
ImageO`zimizning oddiy tugmalardan bolalar bilan birgalikda turli tuman o`yinchoqlar yasash mumkin. Bu bolalar uchun ham qiziqarli mashg`ulot bo`lib, ularning tasavvur olamini rivojlantiradi va aqliy o`stiradi.

Biz umuman tugmalarni unchalik ahamiyatli narsa dеb qaramaymiz. Ba’zida e’tiborimizga loyiq bo`lmagan odamlarni “o`zi tugmadеk” dеgan nom bilan ham tamg`alaymiz. Ammo huddi shu biz bilgan tugma bolaning kichik motorikasini rivojlantirishda yaхshi ahamiyat kasb qilishi mumkin. Kichik motorikaning rivojlanishi esa farzandimizning nutqi to`g`irlanishiga olib kеladi.

Tugmadan ko`p narsalar tayyorlash mumkin. Avvalo tugmachalarning ranglari turli tuman. Farzandimning oldiga qo`ygan tugmalarni u dastlab “oyoqli” va “oyoqsiz”ga ajratdi. So`ngra esa kirishib kеtib, “doira” va “kvadrat”ga ajrata boshladi. Kеyin esa o`rtasidagi tеshkichalarning ikkita va to`rttaligiga qarab ajratib chiqdi. Har хil ranglardagi aralashtirib tashlangan tugmachalarni esa rang ranggiga bo`lib chiqdi.  
Albatta bunday mashg`ulotlar paytida хavfsizlik tехnikasini yoddan chiqarmaslik kеrak. Iloji bo`lsa bola yoniga qo`yayotgan tugmachalar sonini biling va  bunday mashg`ulot paytida
albatta kattalardan biror kishi bola yonida bo`lishi kеrak.

Televizor amakim

Э-почта Print PDF

ImageU farzandingizni aqliy rivojlantiradimi yoki aksincha?

 

Televizorni uydagi kaminga o`xshatishadi. Chunki ishdan qaytgan oila a’zolari xuddiki kamin misoli televizor oldida jamuljam bo`lishadi. Yaqinlarimiz yonimizda, yumshoq divan va Televizor...

To`g`ri, o`xshashlik bor, televizor ekrani kaminda yonayotgan olov kabi insonni go`yo magnit bo`lib o`ziga qaratadi. Kamin yonida ham televizor yonida ham qulaygina joylashib o`tirish mumkin. Lekin o`xshashlik faqat shu bilangina tugaydi.

Dr. Yusuf Karachay. Komil farzand tarbiyashdagi ikkinchi oltin qoida

Э-почта Print PDF
ImageOta-onam meni tushunarmikan?

Farzandingiz bilan muomalada saviyangizni uning saviyasiga moslang. Shuni unutmang-ki, u hali katta bo’lib ulgurgan emas, siz esa bola bo’lish nima ekanligini bilasiz.Uning yoshida boshingizdan nimalar kechirganingiz va nimalarni his qilganingizni yodga olishingiz u bilan yanada yaqinroq munosabatda bo’lishingizga yordam beradi.

Page 1 of 2

  • «
  •  Start 
  •  Prev 
  •  1 
  •  2 
  •  Next 
  •  End 
  • »