Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ayol va Islom Kundalik Masalalar

Kundalik masalalar

Farzandlar oldidagi burch

Э-почта Print PDF
ImageFarzandlarni Islom axloqiga mos ravishda tarbiyalash, ularni jahannam olovidan saqlash Alloh Taoloning buyruqlaridan biridir. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi: “ Ey, imon keltirganlar, o'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish do'zaxdan saqlangizki, unda daqal va qattiqqo'l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (tururlar).” (at-Tahrim, 66:6)

 Abdulloh ibn Umar raziallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollollohu alayhi va sallam aytdilarki: “Har biringiz cho’ponsiz va har biringiz o’z podangiz uchun mas’ulsiz” (Buhoriy)

Ayollar boshi ochiq holda Qur'oni Karim mutoala qilishlari mumkinmi?

Э-почта Print PDF
ImageShariat ko`rsatmalariga amal qilgan har bir ayol begona erkaklar oldida badanini kiyim, boshini ro`mol bilan berkitishi lozim. Alloh Taolo Nur surasida shunday marhamat qiladi: “Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qu'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar!..” Bundan tashqari Ahzob surasida : “Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir,” deyilgan.

Islomda va yahudiy-xristianlik dunyosida ayol masalasi

Э-почта Print PDF

ImageKIRISH

 

Bundan besh yil muqaddam “Toronto star” gazetasining 1990 yil 3 iyul sonida Gvin Dayer tomonidan yozilgan “Islom – patriarxal ta’limotga asoslangan yagona din emas” nomli maqolani o’qib qoldim. Maqolada “Ayol va hokimiyat” mavzusida Monrealda bo’lib o’tgan bir konferensiyada yuzaga kelgan qizg’in bahslar haqida hikoya qilinadi.