Erkaklarga taalluqli bo`lmasdan, faqat ayollargagina xos bo`lgan bir qator xususiy hollar bor. Ayollar poklik bilan bog`liq bir qator ibodatlarni bajara olishlari va er-xotin munosabatlarida haromga tushmasliklari uchun Islomning o`zlariga taalluqli bu maxsus hukmlarini o`rganishlari kerak. Bu hollar: hayz (oyboshi, odat ko`rish), nifos (Lohusalik) va istehoza (uzr qoni) kabi uch turga bo`linadi. Bu holatga ko`ra ma’lum yoshdagi bir ayolning jinsiy a’zosidan uch turli qon kelishi mumkin: a) Hayz qoni: sog`lom ayoldan ma’lum bir yoshlar orasida keladi. b) Uzr qoni: Ayol kishining jinsiy a’zosidan emas, balki yorilgan bir tomiridan kelib, jinsiy a’zoning yo`li bilan oqqan hidsiz bir qondir. s) Lohusalik (nifos) qoni: tuqqandan keyin ma’lum bir davrda keladigan qondir. Quyida mana shu uch holni izohlab o`tamiz.