Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ayol va Jamiyat Jamiyatda ayol

Jamiyatda ayol

“XUDDI O’ZIMIZGA O’XSHAR EKANSIZ” (O’zbekiston xalq artisti, dotsent Zamira Suyunova bilan suhbat)

Э-почта Print PDF

- Vaqt o’tgan sayin, qanday kechgan bo’lishidan qat’iy nazar, bolalik davrini qo’msayveradi kishi. Siz ushbu davrni qanday eslaysiz?


Bolalik davrimiz bizniki juda qiziq o’tgan. Ko’pincha bizniki deb yuboraman beixtiyor, chunki oilada ko’pchilik bo’lganmiz, bizniki deb o’rganib qolganman. Oilamiz doimo gavjum bo’lardi, o’nta farzand bo’lganmiz (o’n bitta edik, bittamiz bevaqt o’tib qolgan). Otam juda bag’rikeng inson  edilar. Bizdan tashqari ota-onasi o’tib ketgan qarindoshlarning ham farzandlarini davramizga qo’shib, o’nta emas, o’n ikkita-o’n uchta qilib katta qilganlar.
Qashqadaryo viloyatining tog’li chekka qishloqlaridan birida katta bo’lganman. 1970-72 yillar edi. Toshkentda maktabda o’qiganim uchun ta’til paytlarida o’rtoqlarimni olib borsam, “voy-bu shuncha uzoqdan kelib o’qirkansiz-a” deyishgan. Shunaqa paytlar bo’lganki, uncha tuzatilmagan yo’llarda mashinalarning o’tishi ham qiyin edi.. Tog’li joy, mashinalar ham kam. Dugonalarim ularni ko’rib hayratlangan. Qishlog’imiz ob-havosi-yu bahordagi go’zalligini ta’riflab bo’lmaydi. Buning gashtini bahorda qir-adirlarga, tog’larga chiqqan odamlar bilishadi. Qishloqni ko’rmagan qizlarimiz uchun bunday manzaralar judayam qiziq bo’lgan. Ular qirlarga chiqqanini, tabiiy sut-qaymoqlar mazasini hali-hanuz eslashadi.
O’sha paytda biz dugonalar endi 5-6 sinfda o’qirdik. Men 10 yoshimdan Toshkentdaman-ku. Yozgi ta’til paytlari shunday bo’lardi. Qirga chiqib, mol boqsh bahona, barchamiz yig’ilishib, qo’shiq aytib o’ynashardik. “Qo’shiq aytib ber” deyisharkan qizlar, eslayman-da. Har xil qo’shiqlar aytardim. Ayniqsa hind filmlaridagi qo’shiqlar avj olgan paytlar edi. Ulardan aytib, o’yin-kulgi qilib o’tirardik. Bu manzaralar hamisha yodimda turadi.

Qo'shnichilik odobi

Э-почта Print PDF
ImageHovli olma qo’shni ol deydi dono xalqimiz. Boshqa maqollar kabi bunisi ham bekorga emasligini hammamiz bilamiz. Uzoqdagi qarindoshdan yoningdagi qo’shning yaxshi deyishadi. To’g’rida, boshqalarning yordamisiz hal qila olmaydigan kichik bir muammomiz chiqsa, eng birinchi qo’shnimizga yuguramiz. To’y ma’rakalarimizda ham be’minnat yordamchilarimiz qo’shnilarimizdir. Mehmondo’st o’zbekka  to’y –ma’rkasida  ba’zi ashyolarda kamchilik sezsa , aqliga qo’’shnisi keladi. Azamizniyam, to’yimizniyam xabarini birinchi qo’shni eshitadi. Xullas hammaning yaxshi bir qo’shniga ehtiyoji bor. Barja ijtimoiy aloqalardagi kabi qo’shnichilikning ham o’ziga yarasha haq huquqlari bor. Kim buni milliy , kim diniy chegaralarda belgilaydi. Milliyligimizning bazi jihatlari dinimizga borib taqalgani uchun, dinimizdagi qo’shni haqlarini bilish hammamiz uchun kerak. Dinimizda belgilangan qo’shni haqlari quyidagilar bo’lib buni sizga Imom G’azzoliyning kitoblaridab keltirayapmiz.

 

XVIII-XIX asrlardagi o'zbek ayollari teatr truppalari haqida

Э-почта Print PDF

Teatr - o’zbek san’at turlari ichida qadimiylaridan biridir. Uning tarixi milloddan avvalgi birinchi ming yillikka borib taqaladi. Bugun men va siz biladigan teatr asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga o’tib kelishida ayollarning o’rni  ham beqiyosdir. Turkistonda qadimdan ayollarning o’ziga xos truppalari mavjud bo’lgan. Ayollar truppalarining yuzaga kelishiga turli xil halq o’yinlari, marosim va bayramlarda aytiladigan ashulalar, epos va afsonalar asos bo’lgn. Ayollar truppalari tomoshalari “ichkari”da, ayollar yig’inlarida o’tar, ularning dasturlari asosan hikoya aytishuv, lapar, yalla, ashula, qiziqarli raqslardan iborat bo’lar edi.

Ayol tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar bormi?

Э-почта Print PDF

ImageMen 8 yillardan buyon tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelmoqdaman ya'ni bolalarga chet tillarni, kompuyter savodxonligi va shunga o'xshash 5 hildagi qisqa kurslar tashkillab o'qitib kelmoqdaman.
Ushbu faoliyatim tuman hududida yagona hisoblanadi. Endilikda bu faoliyatimni kengaytirish va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun ayol tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar mavjud bo'lsa axborot olsam. Iloji bo'lsa.”

 

Tahririyatimizga mana shu mazmundagi xat kelib tushgach, unda qo’yilgan savolga javob topish uchun aqlimga birinchi kelgan narsa tadbirkorlar palatasiga telefon qilish bo’ldi. U yerda kredit bilan umuman shug’ullanmasliklarini, buni bankalardan so’rash kerakligini aytishdi.


Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat... Ayollar!

Э-почта Print PDF
ImageTransport turlari ichida eng yoqtirganim - metro. Tez-tez qatnaydi. Shinam, chiroyli. Yozda salqin, qishda esa issiq. Hulas, har tomonlama qulay. Shu bois biror joyga borishni rejalashtirsam transportning boshqa turlaridan ko`ra ko`proq metroni afzal ko`raman.

Mashina mingan ayol

Э-почта Print PDF
ImageTaxminiy ma’lumotlarga ko’ra Toshkent shahrining bitta tumaniga 10mingga yaqin haydovchi to’g’ri kelar ekan. Shularning 4 mingdan oshiqrog’i – ayollar. Ayol haydovchilarning 64 foizini qirq yosh atrofidagilar, 15 foizini yosh qizlar va 6 foizini undan katta yoshlilar tashkil etar ekan. Agar poytaxtimiz 14 ta tumandan iboratligini hisobga olsak, ayol haydovchilar (Toshkent miqyosida) 55 mingdan oshiqroq ekan.

To'ylar haqida o'ylar

Э-почта Print PDF
ImageDunyodagi ko’p xalqlar qatori biz – o’zbeklarda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga intilganlar. To’y rasm-rusmlari ham nikohni, oilani mustahkamlashga qaratilgan. To’ylar xalqni ma’naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo’lgan. Chunki to’ylarda xalq og’zaki ijodi – laparlar, termalar, millliy raqs san’ati, qo’shiq san’ati ham ravnaq topgan.

Do'stimga aytganlarim

Э-почта Print PDF
ImageDo`stim, men endi ketaman! Koshki meni ketishim Seni tashlab ketgan barcha ayollarning ketishidek oddiygina voqea bo`lsa edi. Afsus unday emas. Mening ketishim yomon ko`rgulukdir, baxtsizlikdir. Endi mening izlarimdan yovuzlik unib chiqadi, jaholat gullab-yashnaydi. Zulm, zo`ravonlik qilichi boshingda o`ynaydi. Mening ketishim bilan bu yurtda zog`lar, quzg`unlar, qarg`alar yayrayrdi, ilon-u chayonlar davru davron suradi, bulbullarning, qumrilarning tillari qirqiladi, gulzorlar, chamanzorlar, bog`-u rog`lar xazon bo`ladi. Mening ketishim bilan xalq xonavayron bo`ladi, millat badnom bo`ladi, yurt xarom bo`ladi. Mening ketishim fojeadir, tanazzuldir, senu-mening, millatning, xalqning, vatanning inqirozidir.
Alvido, aziz do`stim! Badbaxtlik senga muborak bo`lsin!

Baxt va baxtiyorlik

Э-почта Print PDF

ImageBахt... Bахtiyorlik... Insоngа hоs tuyg`ulаr. Qаchоn biz o`zimizni bахtli his qilаmiz?

Qаlbimizni to`ldirgаn bахt nimаning hоsilоti?

Ki sen ham hur tug'ilg'onsan...

Э-почта Print PDF

ImageRivoyat qilishlaricha, Muso alayhisallom o’z qavmini Fir’avnning zulmidan qutqarish ushun mamlakatdan olib chiqib ketgandan so’ng qirq yil adashtirib yurgan. Ular qirq yil yo’l azobi–yu mashaqqatlarini boshlaridan kechirib manzilga yetishgan. Bundan maqsad qavmning ruhida Fir’avn davrida shakllanib qolgan qullik tuyg’usini yo’qotish, hurlik va erk tuyg’usini uyg’otish edi…