Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Salomatlik va Go’zallik Tan sihatlik

Tan Sihatlik

BEMORLARNI PARVARISH QILISH USULLARI (davomi

Э-почта Print PDF

7.Parhez taomlor. Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlor deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15 ta parhez stoliga bolinadi.
Parhez № 1. Qaytalanuvchi me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq.
Parhez № 2. Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq, tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon.
Parhez № 3. Surunkali ich qotganda qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir.
Parhez № 4. Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi.
Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy.
Parhez № 5. Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye.
Parhez № 6. Podagra kasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq.
Parhez № 7. Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamda sog'ayish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi.
Parhez № 8. Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar.
Parhez № 9. Qandli diabet kasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar.
Parhez № 10. Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar.
Parhez №11. Sil, kamqonlik va boshqa qon kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi.
Parhez № 12. Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi.
Parhez № 13. O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i.
Parhez №14. Siydik-tosh kasalligida buyuriladi.
Ovqat tarkibi:
a)    siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xat mahsulotlari beriladi.
b)    siydikda oksalat cho'kmalari bo'lganda, bemorga loviya, no'xat
mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud. Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo'lgan mahsulotlar beriladi.
Parhez №15. Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya etiladi.
Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar.

Bemorlarni parvarish qilish usullari

Э-почта Print PDF

l.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga, ishonch uyg'onishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydigan tadbirlar kompleksini o'z ichiga oladi. Parvarishni uy sharoitida bemorning qarindosh-urug'lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.
Parvarish qilish 2 turga bo'linadi:
l.Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi.
2.Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa).

GINEKOLOGIK MASSAJ

Э-почта Print PDF

O'quvchilarimizdan ginekologik massaj haqida ma'lumot berishimiz haqida so'rovnoma tushgan edi. Quyida shu so'rovnoma bo'yicha maqola berayapmiz

Ginekologik massaj bachadonning noto’gri (orqaga egilgan, o’ngga yoki chapga siljishi, pastga tushishi) holatlarida, bachadon muskulining yetarli qisqarmasligi oqibatida kelib chiqadigan qon kelishida, trubalarning, tos qorin bo’shlig’i va biriktiruvchi to’qimalarning  surunkali yallig’lanishida (shamollashida) qo’llaniladi.

BEMORNI PARVARISH QILISH-4

Э-почта Print PDF

Bemor bolani parvarish qilish

(davomi)

Bolaning, ayniqsa temperaturasi baland bo’lgan vaqtda, og’zi qurib turadi. Shuning uchuin unga tez-tez oz–ozdan (yarim choy qoshiqdan) suv ichirib turish kerak. Ich ketishi bilan o’tadigan me’da–ichak kasaalliklarida bola ko’p suyuqlik yoqotadi, bunda har 15-20 minutda kam-kamdan suv ichirib turish (bola uyg’oqligida) zarur. Yuqori nafas yo’llari kasalliklarida bolani vaqt-vaqti bilan bir yonboshdan ikkinchi yonboshiga ag’darib turish lozim; uni tez-tez qo’lga olib ko’tarib yursa ham bo’ladi, lekin nafas olishiga halal bermaslik uchun ko’tarib yuruvchi kishi bolani bag’riga qattiq bosmasligi kerak. Teri kasalliklarida bemor bolaning ich kiyimlarini qaynatib olish va dazmollash shart. Primochka qo’yilishi zarur bo’lsa, to’rt qavat qilib buklangan doka yoki toza surpni dori eritmasiga ho’llab kasal joyini qoplab turadigan qilib qo’yiladi. Lattani olmay har 20 minutda ustiga tomizg’ich yoki qoshiqdan dori tomizib turiladi. Agar bolaning yuzida ekzema (go’sh) bo’lsa, unda yuziga niqobga o’xshagan mazli bog’lamlar qo’yiladi. Maz suriladigan doka parchasidan bolaning burni, ko’zlari va og’zi o’rnida teshiklar ochiladi, bog’lam uchlari esa bolaning ensasidan bog’lab qo’yiladi.

BEMORNI PARVARISH QILISH-3

Э-почта Print PDF

Bemor bolani parvarish qilish

Har bir ona kasal bolani parvarish qilishni bilishi kerak. Kasallik bolaning yurish-turishidan darhol ma’lum bo’ladi: bola injiqlanib, qo’lga olishni so’raydi, ovqat yemay qo’yadi, bo’shashib qoladi. Bunda uning temperaturasini o’lchab ko’rish va o’rniga yotqizib vrach chaqirish kerak. Kasal bo’lib qolganida bolani darhol poliklinikaga olib bormay, vrachni uyga chaqirish lozim. Bola ichi ketib, qayt qila boshlasa, vrach yetib kelgunga qadar unga ovqat bermay, faqat qaynagan suv yoki choy ichirib turish kerak. Shuningdek, bulg’angan yo’rgagi yoki bola axlati, qusug’i turgan tuvakni vrach yetib kelgunga qadar saqlab turish zarur.

BEMORNI PARVARISH QILISH-2

Э-почта Print PDF

Bemorning ahvolini diqqat bilan kuzatib turish kerak, agar uning ahvoli yomonlashib qolsa, tez fursatda vrach chaqirish lozim. Bemorning rangi, badaniga toshmalar toshishi, shish kelishi, nafas olishi, hansirab qolishi, yo’tal tutishi va boshqalarga ahamiyat berish lozim. Bemorning ishtahasi qanday, haddan tashqari ko’p chanqamayaptimi, ko’ngli aynab qusayaptimi, qorni og’riyaptimi, ich yurishi, siydigi normal kelayotgan va hokazolarni bilib turish zarur, agar siydik kelmay qolsa tezda vrach chaqirish kerak.

BEMORNI PARVARISH QILISH-1

Э-почта Print PDF

Bemorni parvarish qilish – bemorga qarash salomatlikni tiklashda katta ahamiyatga ega  (ko’pincha “parvarish bilan bemorni oyoqqa turg’izishdi” deyiladi). Har bir kasallik o’ziga xos parvarishni talab etadi. Biroq har qanday kasallik bilan og’rigan bemorni parvarish qilishda bajarilishi zarur bo’lgan umumiy qoidalar ham borki, quyida biz shular haqida so'z yuritamiz.

Chekishni bas qil, singlim...

Э-почта Print PDF

Image Ayol nega sigaret chekadi? Qiziq savоl, to`g`rimi? Kim uchundir ayolning sigaret chekishi оddiy hоlga aylanib ulgurgan, hattо. Balki bu masalani muammо darajasiga ko`tarish shartmi, dersiz. Kim uchundir arzimas masala tuyulgan tamaki bugun o`zbek qizlarini ham o`z dоmiga tоrtib bоrayotganligidan хabaringiz bоrmi? Bоr bo`lsa, bu mavzuga indamay qarab turish kerak, deb hisоblaysizmi? Mayli, bitta yoki ikkitasi chekayotgandir, nima qilibdi, deb o`ylasangiz хatо qilasiz. Aхir ana shu bitta yoki ikkita qiz ham millatimizning ertangi davоmchisi-ku!

 

Pivo ichmaslikning 6 sababi

Э-почта Print PDF
Image

Hozirgi kunda pivo ichish yurtimizda ham tashviq etilmoqda. Televizor, transport vositalarida reklamalar, parklarda o’tkazilgan pivo festivallari kattayu yoshni pivo ichishga undayotgandek go’yo. Achinarlisi, nafaqat erkak va o’smirlar, ayollar ham pivoga ruju qo’yib borishayotgandek nazarimda. O’zimizda ishlab chiqarilgan pivo turlari ham ko’payib ketibdi, yana brogan sari kuchliroq – ekstra ta’m va ekstra kuchga egalari chiqib ketayapti. Bir reklamaga “Yilning eng yaxshi mahsuloti” deb yozib qo’yilgan ekan. Tovba, nahotki shundan boshqa eng yaxshi mahsulotimiz bo’lmasa… Quyida Kavsar As’habovaning pivoning zararlari haqida tarjima maqolalari keltirilgan. O’ylaymizki, bu maqolala pivoni sevuvchi erkak va ayollarimiz bilan bir qatorda yaqinlari pivoga ruju qo’yayotgan opa-singillarimiz uchun ham foydali bo’ladi.

Sistit

Э-почта Print PDF
ImageSistit qanday kasallik? Sistit qovuq shilliq qavatining yallig`lanishidir. Statistika shuni ko`rsatadiki, 20% ayollar sistitning u yoki bu turiga yo`liqqanlar, 10% esa surunkali sistit bilan og`riydilar. Sistitda nimalar bezovta qiladi? · Qorinning past qismidagi og`riq.

· Tez-tez hojatxonaga borish

· Siydikning oz miqdorda chiqishi

· Jinsiy a’zolardagi achishish