Ayol.Uz

Tuesday, 07chi Sep

Oxirgi yangilanish09:02:34 PM GMT

Yangiliklar:

Nafosat

Yuz parvarishi

Э-почта Print PDF

ImageKrizis paytida qimmat kosmetikaga mablag’ yo’q. Yuzga banan, limon, uzum, olma yoki bodring sutkab qo`ysa qanday bo`larkan?

 

 

- Bodring :            Kengaygan yuz teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Qarigan va so’ligan teriga foyda.

 

Hususiyatlari:       Bodring suvini losyon sifatida ishlatsa bo`ladi.

Retsept:                 Agar yuz terisi yog’li va teshiklari keng bo’lsa, bodring atalasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan yoki bir-ikki tomchi limon kislotasi bilan aralashtiring. Teri quruq bo’lsa, bodringga 2 osh qoshiq yangi qaymoq qo’shing.

 

Hammasi qo'lingda

Э-почта Print PDF

Qo`llar uzoq vaqt mayinlik va elastikligini yo`qotmasligining faqat bir usuli mavjuddir, u ham bo`lsa doimiy parvarish.

Vizit qog`ozi

Aynan qo`llar odamning, ayniqsa ayolning haqiqiy yoshidan darak beradi. Hayron bo’lishga o`rin yo`q. Ahir boshqa qaysi bir a’zo qo’l kabi  ko`p ish bajaradi? Qo`llarimizga eng ko`p zarar beradigan narsa ximik vositalar bo`lib, ulardan idish, oyna, kir-chir yuvishda ko`plab foydalanamiz. Bundan tashqari hovlida yashaydiganlar yoki tomorqasi borlarning qo’llari dehqonchilik oqibatida ham ozmi-ko`pmi zarar ko`radi. Hatto ta’til ham bekor o`tmaydi. Dam oldingiz, cho’milib, tennis, ping-pong o’ynadingiz. Turli trenajyorlarda mashqlar bajardingiz… Hullas, mazza qildingiz, ancha yoshardingiz ham, lekin qo’llaringizga qarang: ular ancha qaribdi, terisi o`ta quruq, dag`al, pigment dog`lar paydo bo`libdi, kaft terisi esa qalinlashib, qadoq bog`labdi. Bu qadoqlar sport bilan shug`ullanish oqibatida paydo bo`lgan bo`lsa ham ko`cha-kuyda uchragan har kimga bu haqida gapirib yurmaysizki endi?! Aytilganlar siz haqingizdami? Unda bor sabringizni yig`ib ishga kirishing. Qo`llaringizning salomatligi va chiroyi o`z qo`lingizda!