Ayol.Uz

Tuesday, 07chi Sep

Oxirgi yangilanish09:02:34 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Oshxona Quyuq ovqatlar

Quyuq taomlar

AZU

Э-почта Print PDF


Ushbu taom mol yoki qo’y go’shtining lahm qismidan tayyorlanadigan quyuq ovqatdir. Go’sht parda va bezlardan tozalanadi, eni 2 sm va uzunligi 3-4 sm qilib nimtalanadai, sung usti pushti rang bo’lguncha tovada qovurilib,  keyin qoznga solinadi. Tomat yoki to’g’ralgan pomidor, mayda to’g’ralgan va qovurilgan piyoz qo’shib, ustidan sho’rva yoki issiq suv solinadi. Taom usti berk holda past olovda 40-50 daqiqa damlanadi. Masalliq dam yegach, qozonga bir oz qovurib qizartirilgan yirik kartoshka, mayday to’g’ralgan bodring, tuz bilan ezilgan sarimsoq, tuyilmagan murch va shakar solib, past olovda tayyor bo’lguncha yana dimlanadi. Taomni dasturxonga tortishdan oldin ustiga mayday to’g’ralgan kashnich, petrushka va shivit sepish tavsiya etladi.

SABZAVOTLARDAN TAYYORLANADIGAN BAQLAJON DO’LMASI

Э-почта Print PDF



Baqlajon yuviladi, band qismi kesib tashlanadi, o’rtasidan bo’linadi (yiriklari ko’ndalangiga, maydasi – uzunasiga), o’rtasidan eti qirtishlab olinadi, ichki tomoniga tuz sepilgach, 30 daqiqadan keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi va ichiga sabzavot qiymasi to’ldiriladi. Sabzavot qiymasi tayyorlash uchun tozalangan ildizmevalar (cabzi, selder va petrushka) va baqlajon etu maydalab to’g’raladi va bir oz yog’da qovruladi; to’g’ralgan karam bilan pomidor dimlab (20-30 daqiqa) pishirilgach, ildizmevalar bilan aralashtirilib, unga to’g’ralgan ko’k piyoz qo’shiladi, ta’bga ko’ra tuz va qalampir solinadi.
Do’lma qilingan baqlajon yog’ surtilgan tovaga bir qator qilib teriladi, unga tomat (sarimsoq qo’shilgan) yoki qaymoq solib, duxovkaga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan taom ustiga to’g’ralgan oshko’k sepiladi.

"Rou Bing" - XITOYCHA GO`SHTLI NON

Э-почта Print PDF


Xamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz

Kabachki kotletasi

Э-почта Print PDF
ImageMücver (Mujver deb o’qiladi) retsepti turk oshxonasidan olingan bo’lib, qilinishi juda oson, kam vaqt  va masalliq talab qiladigan taomdir. Retseptdaki sabzavot turini o’zgartirsa ham bo’ladi, ba`zi retseptlarda pishloq va/yoki pishgan kartoshka ham solinadi, lekin kotleta yog’da qizartirilishi sababli juda yog’li bo’lishini hohlamasangiz solmaganingiz ma’qul.

Mercimek köftesi-Yasmiq kotletasi

Э-почта Print PDF
ImageYasmiq (Ruschasi чечевица)  dukkakli o’simliklar oilasiga mansub bo’lib, oqsil, B vitamini, temir, kalsiy, sink, fosfor va boshqa minerallarga juda boydir. Turkiyada yasmiq juda keng tarqalgan bo’lib, yasmiq sho’rvasi Turk dasturxonidan deyarli hech arimaydigan bir taomdir. Sho’rvadan tashqari, yasmiq kotletasi ve yasmiq salati tez-tez qilinib turiladi.