Agar o’z elating qadr etsa seni,
“O’g’lim” desa sevib, boshingni silab.
Uying mo’risidan chiqsa tutuni,
Hovlingda bolalar chopsa do’mbillab –
Bu sening baxtingdir, beqiyos baxting.
Otang qo’lin ochsa duoga mudom,
Munis onang yopsa issiqqina non,
Ta’zim etsa kelin, ul qutlug’ qadam,
Qaynab tursa tinmay ro’zg’orda qozon,
Bu sening baxtingdir, beqiyos baxting.
Nazm
SHUKRONA AYT
JUMADAN SO’NG
Chin duosin mustajobin bergin Alloh,
Sening bilan nurli suhbat qurdi begim.
Bandalaring qatorida Rabbim deya,
Joynamozdan umid bilan turdi begim.
Jamoatda jam bo’lar pok mo’min ahdi,
Jamoatdan qo’rqib sinar shayton shahdi
Har yurakning sof niyati Tangri taxti
Joynamozdan umid bilan turdi begim.
ALLOH BERSIN ISHLARINGIZ RIVOJINI...
O’zi berdi sizga umr gultojini,
Ahli ayol, farzand nomlig’ ishonchini,
Shukronada so’rang begim, tilang begim,
Alloh bersin ishlaringiz rivojini...
Davlat berar riyozatin chekkan qulga,
Davlat berar umidla don ekkan qulga,
Sinab bergan siylab berar qadoq qo’lga,
Alloh bersin ishlaringiz rivojini...
Dardim sig'mas dunyoga.
("Jiyda gulim"ni tinglab...)
Ona, desam, yig’lar bo’lsa armonlar ham,
Ona, desam, ifor to’ksa rayhonlar ham,
Dardim sig’mas bu dunyoga, ko’zimda nam,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?
Yuragiga yetmay qolib toatlarim,
Sevar yor ham tinglamasa hasratlarim,
Yuzni qaro qilib ketsa ulfatlarim,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?
Jiddiy Hangoma
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin,
Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin.
O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak,
Huddi shundan boshlanadi bizning ertak.
Kuyov bolam
Mani qora ko'z bolam
Dilimda bir so'z bolam
Qizim yomon siz yaxshi.
Erka bolam, arslonim
Oyim turgan osmonim.
Qo'lingizdadur jonim
Qizim yomon siz yaxshi.
Erkaklarga
O’tirsangiz rohat qilib, siz issiq uyda
Xotiningiz non dardida qay ko’cha-ko’yda?
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!
Alpomishu Go’ro’g’lilar endi ertakmi?
“Erkak” degan nom kimlarga endi ermakmi?
Xotiniga qarab qolgan erkak erkakmi?
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!
BILINAR
Yaxshi xotin siyog'idan bilinar.
Iflos etmay o'g'lonini, o'zini,
Qoshi, ko'zi, qovog'idan bilinar.
Onamga
Sizni qo'msab yig'ladim ona.
Begona yurt sovuq qo'ynida
Suratingiz bo'ldi parvona.
Go'zal
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."
Page 1 of 2
Nazm


