Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Adabiyot Nasr

Nasr

BARZANGI

Э-почта Print PDF

Avtobus Buxoro tomonga yelib borayapti. Quyosh nayzaga kelib, rosa zabtiga olgan. Issiqdan yo’lovchilar betoqat, hamma shamol kirayotgan joyga intiladi.
Shofyor maykachan, 35 yoshlardagi yigit. Uning chayir qo’llari quyosh nurida qorayib ketgan. Ko’zi yo’lda-yu, tili gapda:
— Mani mashinaning piri deyvering, oko, ha. Haydoppan-haydoppan, bir payt hisoblasam, roppa-rosa o’n besh yil bo’pti. Man mingan mashina g’irko’k otdek yuguraveradi, oko. Bu qo’llar tekkan temir, oyoq chiqarib o’zidan-o’zi chopaveradi.

PUSHAYMON

Э-почта Print PDF

(hikoya)


Sattor aka telefon go’shagini ko’tarib, kerakli raqamlarni terdi. Bir oz vaqt o’tgach, «Oshxona» degan javob eshitildi.
— Ilhom Saidovich kerak! Yo’q deysizmi? Kattalardan kim bor, chaqiring.
Sattor aka telefon go’shagini o’ynagancha o’yga toldi: «Ilhom Saidovichning yo’qligi yaxshi bo’lmadi-da. Endi nima bo’ladi?» Shu payt telefonda ovoz eshitildi. Xususiy oshxona boshqaruvchisi Sharif edi. U Sattor aka bilan quyuq so’rashdi. So’ng Ilhom Saidovich hamma gapni tayinlaganini aytib, mehmonlar qachon kelishini surishtirdi.
— O’zingizdan qolar gap yo’q, Sharifjon. Mehmonlar nozik...
— Albatta-da, tog’a. Siz uchun osmondan yulduz uzib tushsam ham oz...
Sattor akaning ko’ngli joyiga tushdi. Ziyofat tartibi, nimalar zarurligi xususida ishoralar qildi-da, telefonni joyiga qo’ydi.

Ko’ngil…

Э-почта Print PDF

Oliygohning 1-kursida o’qirdim. Qish ta'tiliga chiqib Farg’onaga borsam, kichik tog’amning xotini - Manzura kelinoyim yig’lab o’tiribdilar. Sababini so’rasam, onalari qandaydir yig’in qilayotgani va albatta qudalari ham kelishlari kerakligini aytibdi. Ammo na katta buvam, na boshqa qarindosh xotinlar  “boraman” demabdi. Sababi - kelinimiz olis bir qishloqdan tushgan, qolaversa quda hola ham qo’li biroz kaltaligi uchun biz tomonlarda unchalik ko’rinish bermasdilar. Kelin oyimlarga rahmim keldi. Yaxshiki, farosatli, mehridaryo onajonim yuragimdagi gapni aytib qoldilar:

- Qizim o’sha kuni men ishda bo’lar ekanman. Bir narsa pishirib, kelinoying bilan sen boraqol. Har holda bir o’zi borsa obro’sizlanib, qarindoshlari oldida hijolat chekib qolmasin,- dedilar.

 

Ayollar haqida aforizmlar

Э-почта Print PDF

Ayollar haqida aforizmlar

 

Ayol – bu baxtga taklifnoma.

(Sharl’ Bodler)

Ayol – bu kiyinadigan, gap sotadigan va yechinadigan insoniy mahluq.

(Volter)

Hamma onalarda bitta kamchilik bor: ular faqat ikkita qo’lga ega.

(Muallifi noma’lum)

Onalar huddi politsiyadek – har doim eng yomon narsani sezib turishadi.

(Mario Pyuzo)