Ayol.Uz

Tuesday, 07chi Sep

Oxirgi yangilanish09:02:34 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ayol va Islom Mo'minlarning Onalari

Mo'minlarning onalari

BA’ZI QO’SHIMCHA SAVOLLAR

Э-почта Print PDF

Savol 1: Moriya Qibtiya [56] (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Ular Muqavqic (Misr voliiysi) Payg’ambar (s.a.v.)ga sovg’a qilib yuborgan misrlik ayol edilar.

S. 2: Ular Payg’ambar (s.a.v.)ga o’g’illari Ibrohimni tug’ib berganlari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.

S. 3: Moriya (r.a.) Madinaning aynan qayerida yashaganlar?
J.: Ular Oliya mahallasida yashaganlar.

S.4: Ibrohim qachon tug’ilgan?
J.: Ibrohim hijratning 7 yilida tug’ilgan.

MAYMUNA BINTI XORIS (Alloh ulardan rozi bo’lsin)

Э-почта Print PDF

Savol : Maymuna (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Maymuna (r.a.) al-Xoris ibn Xaznning qizi va Payg’ambar (s.a.v.)ning o’n birinchi javzalari bo’lganlar.

S. 2: Maymuna (r.a.)ga ota-onalari qanday ism qo’yganlar?
J.: Ota-onalari ularga Barra deb ism qo’yganlar, ammo Payg’ambar (s.a.v.) ularga Maymuna ismini berganlar.

S. 3: Maymuna (r.a.)ning onalarining ismi nima edi?
J.: Ularning onalarining ismi Hind edi.

S. 4: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri kim edi?
J.: Ularning birinchi eri Mas’ud ibn Amr ibn Umayr as-Sakafiy edi.

S. 5: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri ular bilan ajrashganligi to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.

S. 6: Birinchi eri bilan ajrashganlaridan keyin Maymuna (r.a.) kimga turmushga chiqqanlar?
J.: Ajrashganlaridan keyin ularga Abu Ruham ibn Abdul-’Uzza o’ylangan edi.

S. 7: Abu Ruham Maymuna (r.a.) ni beva qoldirib, vafot qilgani to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.

S. 8: Payg’ambar (s.a.v.) Maymuna (r.a.)ga qachon uylanganlar?
J.: Hijratning 7 yilinida, Zul-qa’da oyida.

SAFIYA BINTI XUYAY AL-AHTOB (Alloh ulardan rozi bo’lsin)

Э-почта Print PDF

Savol 1: Safiya (r.a.) kim edilar?
Javob: Safiya (r.a.) Xuyay ibn Ahtobning qizi va mo’minlarning onasi edilar.

S. 2: Safiya (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima edi?
J.: Ularni Zaynab deb ataganlar, ammo ular ko’proq Safiya (r.a.) nomi bilan mash’hurlar.

S. 3: Safiya (r.a.)ning onalarining ismi nima edi?
J.: Ularning onalarining ismi Bara binti Samusal edi.

S. 4: Safiya (r.a.) qaysi qabiladan edilar?
J.: Ular yahudiylarning mash’hur Banu Nadir qabilasidan edilar.

S. 5: Safiya (r.a.)ning otalari Banu Nadir qabilasining boshlig’i, onasi esa Banu Qurayza qabilasi boshlig’ining qizi ekanliklari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.

UMMU HABIBA BINTI ABU SUFYON (Alloh ulardan rozi bo’lsin)

Э-почта Print PDF

Savol 1: Ummu Habiba (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Ummu Habiba (r.a.) mo’minlarning onalaridan biri va Abu Sufyon (r.a.)ning qizlari edi.

S. 2: Ummu Habiba (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima edi?
J.: Ularning haqiqiy ismlari – Ramla, ammo ular ko’proq «Ummu Habiba? laqabi bilan ma’lуmdirlar.

S. 3: Nega ularni "Ummu Habiba" (Habibaning onasi) deb ataganlar?
J.: Chunki ularning Habiba ismli qizlari bo’lgan.

S. 4: Ummu Habiba (r.a.)ning birinchi erlari kim bo’lgan?
J.: Ularning birinchi erlari Ubaydulloh ibn Jaxsh bo’lgan.

S. 5: Ummu Habiba (r.a.) qachon tug’ilganlar?
J.: Ular Payg’ambarlikdan o’n etti yil oldin tug’ilganlar.

S. 6: Ummu Habiba (r.a.) islomni qachon qabul qilganlar?
J.: O’zlarining erlari Ubaydulloh ibn Jaxsh bilan birga Ummu Habiba (r.a.) Payg’ambar (s.a.v.) odamlarga o’z da’vatlarini boshlagandan keyin ko’p o’tmasdan islomni qabul qilganlar.

JUVAYRIYA BINTI AL-XORIS (Alloh ulardan rozi bo’lsin)

Э-почта Print PDF

Savol 1: Juvayriya (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Juvayriya (r.a.) mo’minlarning onasi va Horic ibn Ararning qizi edilar.
S. 2: Juvayriya (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima bo’lgan?
J.: Barra.

S. 3: Juvayriya (r.a.)ning otasi Banu Musta'liq urуg’ining mash'hur boshlig’i bo’lganmi?
J.: Ha.

S. 4: Juvayriya (r.a.)ning birinchi eri kim bo’lgan?
J.: Ularning birinchi eri Mуsaf ibn Safvon bo’lgan.

S. 5: Juvayriya (r.a.)ning otasi islomni qabul qilganmi?
J.: Ha.

S. 6: Juvayriya (r.a.)ning birinchi eri qaerda o’ldirilgan?
J.: Musulmonlarning banu Musta'liq qabilasi Bilan bo’lgan jangida.

S. 7: Juvayriya (r.a.) musulmonlarning Banu Musta'liq qabilasi ustidan qilgan g’alabasida asr olinganlar orasida bo’lganligi rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.

Page 1 of 3

  • «
  •  Start 
  •  Prev 
  •  1 
  •  2 
  •  3 
  •  Next 
  •  End 
  • »