Vazningiz ortayotganligi sabab, yangi nohushliklarga duch kelishingiz ehtimoldan holi emas. Bular oyoqlarda tomir tortishishi, bel va tos qismidagi og’riqlar sifatida namoyon bo’ladi. Homilaning tepishlari ham yanada sezilarli bo’lib, qovurg’alar ostiga og’riq berishi mumkin. Bu muammoni yonboshlab yotish bilan hal qilish mumkin. Bu haftada mittivoyning qimirlashini yaqinlaringiz ham sezishlari mumkin. Albatta-da, axir u qanchalik katta bo’lib qoldi! Endi uning bo’yi 30-32 sm, vazni esa naq 800 grammga yetadi! Mittivoy endi asta-asta ko’zlarini ocha boshlaydi. Bu paytga kelib ular mukammal shakllangan bo’lib, ko’z soqqaisning tug’ilganida qanaqa bo’lishi kutilsa, hozir ham ayni shunday. Agar bolaning ko’z qorachig’i qop-qora bo’lishi hohlayotgan bo’lsangiz, havotirlanmang – ular hozirdanoq aynan shunday rangda. Bu natija, aslida ko’zning aniq qanday rangda bo’lishi bola tug’ilganidan keyin ikki-uch oyda ma’lum bo’lishiga qaramay, har qanday irqqa mansub odamlar uchun bir xil bo’ladi.

Bola haliyam nimjongina va ozg’in ko’rinishda, ammo bu tez kunlarda o’zgaradi, chunki asosiy yog’ qatlamlari homiladorlikning so’nggi bosqichlarida sodir bo’ladi. Tug’ilishga yaqin bola semirib, yiriklashadi va hamma chaqaloqlarga hos bo’lgan do’mboqqina bola bo’ladi. Terisi esa haliyam qizil va burushgan, ammo teri kletchatkasi o’sayotganligi sabab tez orada tekislashib, och rangga kiradi. Bolada kiprik, qosh va tirnoqlardan iborat “butun komplekt” bor bo’lsa ham, bu a’zolar o’sishda davom etadi. Bundan tashqari, bola atrofda bo’layotgan hodisalarni juda yaxshi eshita oladi. Albatta, onasichalik tiniq emas, axir uni suv va onasining tanasi qurshab turibdi, lekin har holda, tovushlarni ajrata olish darajasida tiniq bo’ladi.
Homiladorlik






