Ayol.Uz

Tuesday, 07chi Sep

Oxirgi yangilanish09:02:34 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ona va Bola

Ona va Bola

BOLALAR NIMA UCHUN YOLG’ON GAPIRADILAR?

Э-почта Print PDF

.              Ma’lumki, yolg’on so’zlash jamiyatimizda, ayniqsa dinimizda qattiq qoralanadigan odatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham, ota-onalar farzandlarining yolg’on gapirishlaridan havotirlanib, qattiq tanbeh beradilar. Aslida bolalar 5- 6 yoshidan oldin ko’pincha “rost” va “rost bo’lmagan” narsalarni aralashtirib, hayollarini huddi haqiqatday tushuntiradilar. Ammo ba’zi bolalar bu davr o’tib ketganda ham yolg’on so’zlashda davom etaveradilar. Asl e’tibor berilsihi kerak bo’lgan yolg’on ham ayni shu davrdagi yolg’ondir.

Farzandim kechasi uxlashga qiynalyapti, nima qilishim kerak?

Э-почта Print PDF

Ko’pgina oilalarda bolalarni uxlatish masalasi bilan bog’liq muammolar mavjuddir. Bola yoki yotgisi kelmaydi, yoki yotgan o’rnidan turib ketadi. Bunday holat kun boyi charchagan, ayniqsa ishlayotgan ota-onalar uchun ancha zahmatlidir. Kichik yoshdan boshlab bolaga beriladigan uyqu tarbiyasi bilan boladagi kunduz uxlamaslik, o’z yotog’ida uxlamaslik kabi muammolarni oldini olishingiz mumkin. Agar bolaning uyqu muammosi qandaydir hastalik bilan bog’liq bo’lmasa, bu muammo ota-onaning say-harakatlari bilan echilishi mumkin.

Homiladorlik taqvimi 26-hafta

Э-почта Print PDF

 

Vazningiz ortayotganligi sabab, yangi nohushliklarga duch kelishingiz ehtimoldan holi emas. Bular oyoqlarda tomir tortishishi, bel va tos qismidagi og’riqlar sifatida namoyon bo’ladi. Homilaning tepishlari ham yanada sezilarli bo’lib, qovurg’alar ostiga og’riq berishi mumkin. Bu muammoni yonboshlab yotish bilan hal qilish mumkin. Bu haftada mittivoyning qimirlashini yaqinlaringiz ham sezishlari mumkin. Albatta-da, axir u qanchalik katta bo’lib qoldi! Endi uning bo’yi 30-32 sm, vazni esa naq 800 grammga yetadi! Mittivoy endi asta-asta ko’zlarini ocha boshlaydi. Bu paytga kelib ular mukammal shakllangan bo’lib, ko’z soqqaisning tug’ilganida qanaqa bo’lishi kutilsa, hozir ham ayni shunday. Agar bolaning ko’z qorachig’i qop-qora bo’lishi hohlayotgan bo’lsangiz, havotirlanmang – ular hozirdanoq aynan shunday rangda. Bu natija, aslida ko’zning aniq qanday rangda bo’lishi bola tug’ilganidan keyin ikki-uch oyda ma’lum bo’lishiga qaramay, har qanday irqqa mansub odamlar uchun bir xil bo’ladi.

 

 

Bola haliyam nimjongina va ozg’in ko’rinishda, ammo bu tez kunlarda o’zgaradi, chunki asosiy yog’ qatlamlari homiladorlikning so’nggi bosqichlarida sodir bo’ladi. Tug’ilishga yaqin bola semirib, yiriklashadi va hamma chaqaloqlarga hos bo’lgan do’mboqqina bola bo’ladi. Terisi esa haliyam qizil va burushgan, ammo teri kletchatkasi o’sayotganligi sabab tez orada tekislashib, och rangga kiradi. Bolada kiprik, qosh va tirnoqlardan iborat “butun komplekt” bor bo’lsa ham, bu a’zolar o’sishda davom etadi. Bundan tashqari, bola atrofda bolayotgan hodisalarni juda yaxshi eshita oladi. Albatta, onasichalik tiniq emas, axir uni suv va onasining tanasi qurshab turibdi, lekin har holda, tovushlarni ajrata olish darajasida tiniq boladi.

 

Homiladorlik taqvimi 25-hafta

Э-почта Print PDF

 

Oshqozon siqilishi, diafragma va qovurg’alar osti qismiga bo’lgan bosim endi futbol koptogichalik kattalashib qolgan bachadongiz sababli sodir bo’lmoqda. Shu kunlarda jig’ildoningiz ko’p qaynayotgan bo’lsa, buning sababi shundaki, yuqorida sanab o’tilgan faktorlar oshqozon funksiyasini sekinlashtiruvchi progesterone ta’sirida, shunga olib keladiki, oshqozon shirasi vaqti-vaqti bilan tepaga ko’tariladi, ya’ni jig’ildonga va bizni bezovta qiladigan jig’ildon qaynashiga olib keladi. Agar to’yib ovqatlangan bo’lsangiz, bu yanada kuchliroq kuzatiladi. (Halq orasida aytilishicha, ozgina soda aralashtirilgan suv yoki sho’rdanak, yoki hohlagan biror mevangizni danagini chaqib yesangiz, jig’ildon qaynashi bartaraf etiladi.)


Stetoskop yoki mahsus trubka yordami mana bir necha hafta bo’ldiki, shifokoringiz bolaning yurak urishini bemalol eshita oladi. Uy sharoitida agar tinch honada bo’lsangiz, juftingiz yoki yaqin kishingiz yurak urishini qulog’ini qorningizga qo’ysa ham eshita oladi.

Bolaning jinsi shu muddatga kelib aniq bo’lganligi sabab, besabr onalarimiz UZI qildirib, kutilayotgan farzand kim ekanligini aniqlashlari mumkin. O’g’il bolalarda tuxumlar tuxumdonga tushadi, qizlarda esa jinsiy yo’l shakllanadi. Ammo “qopdagini Qodir biladi” deganlaridek, UZI har doim ham aniq ayta olmaydi, shuning uchun yaxshisi to’rt muchasi sog’lom farzand tilab, tekshiruvlarga ishonib qolmaganingiz ma’qul.

Qo’l barmoqlari yetarlicha epchil bo’lib qolganligi sababli, bolakay bemalol o’z oyog’ini ushlab olishi mumkin. Shu paytdan boshlab homila qaysidir qo’lini ko’proq ishlata boshlagach, uning o’ng qo’yla yozishi yoki chapaqay bo’lishini aniqlash mumkin. Daktiloskopiyada barmoq izlari shaklida yaxshi ma’lum bo’lgan barmoq naqshlari aniq shakllanib bo’ladi. Bu paytga kelib homilaning o’z uyqu va uyg’oqlik kun tartibi shakllangan bo’lib, uning uyg’oqligini onalar bemalol sez oladilar. Chunki siz endigina bir pasga cho’zilay deganingizda, bolangizda uyg’oqlik payti belgilari – tepish, aylanishlar boshlanib qolishi ajabmas!

Homila kun sayin emas, soat sayin katta bo’lmoqda. Boyi 22 sm, vazi esa 700 gr!

Homiladorlik taqvimi 24-hafta

Э-почта Print PDF

Mana, vazningiz oshayotgani tobora sezilib bormoqda. Shu sabab bosh ogrishi, siydik pugagi bilan bogliq muammolar, oyoqlarda ogirlik va umuman toliqish kuzatilishi mumkin. Bu muammolar sizni homiladorlik oxirigacha taqibqilishi mumkin, shu sabab hozir oz holatingizni yaxshilashni ayni qulay payti. Masalan, ozingizga eng qulay bolgan poyafzal tanlang, oyoqlaringizga dam berish uchun har qanday imkondan foydalaning: yotgan holatda oyoqlar yurakdan teparoqda bolganda yaxshi dam oladi.

Agar siz duolarda jaranglaganidek, qochqordek farzand kutayotgan bolsangiz, farzandingiz shu orzuingizni amalgam oshirish arafasida. Ayni kunlarda u shiddat bilan yog toplayapti, yuzi ham ancha-muncha shaklga kirib qolgan. Kozlari haliyam yopiq holda bosa-da, orasidagi masofa qisqarib qolgan; quloqlari esa ozining kerakli joyiga ornashgan. Kipriklari osib qolgan, boshqa esa sochlar paydo bolmoqda. Mittivoy ancha tolishib, 600 gr tosh bosadi, aniqrogI endi u bachadonning hammayogini egallab olganidan siqilib qolyapti. Endi u avvalgidek bachadon ichi suvida saltoaylanib, shoxlik qilolmasa ham, kindikni ushlaganicham hammayoqni qolchalari bilan paypaslay oladi. Tashqi muhitga yanada koproq quloq soladi. Agar siz chochib ketsangiz, bolangiz ham qorqadi, shu sabab biror narsadan chochiganingizda tezroq tinchlanishga harakat qiling. Kuzatishlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bola galma-galdan sodir bolishi mumkin bolgan qorqish va tashvishga tushishi holatlarida bir necha soatlar mobaynida qolib ketishi mumkin ekan.

Homila uzunligi 21 sm ni tashkil qiladi.

BOLALARNING O’Z TANASINI O’RGANISH DAVRI VA ULARDA SHARM-HAYO HISSINI TARBIYALASH

Э-почта Print PDF

Taxminan 3 yoshlardan boshlab ko’pchilik bolalar o’z tana a’zolari bilan, jinsiy a’zolari o’rtasidagi farq bilan qiziqa boshlaydilar. Bolalar budan ancha oldin ham genetal organlariga qiziqsinib qarab, ularga tegina boshlashadi, ammo bu hali ma’lum maqsadga qaratilmagan hatti-harakat bo’ladi. Bola ilgari o’z qo’li, oyog’i, burnini qanday payqagan bo’lsa, endi o’z jinsiy a’zolarini ham shunday payqay boshlaydi… Bu davrda bola atrofdagi barcha narsalarni, shu jumladan o’zini ham boshdan oyoq diqqat bilan o’rgana boshlaydi. Bola oynaga qarab o’z tilini qanchalik qiziqib o'rgansa,  genetal a’zosini ham shunday bir xil qiziqish bilan o’rganib, ular haqida o‘zining sevimli “nega bunaqa?” savolini berishi mumkin. Bu tabiiy jarayon. Shuning uchun bunday savollarni yumshoqlik, bosiqlik bilan “chetlab o’tish” kerak, bolaga qilayotgan bu ishi yaxshi emasligi yoki uning jinsiy a’zosi qandaydir uyatli, yomon narsa ekanligi haqidagi fikrlarni singdirmaslik kerak. Axir siz farzandingiz o’z tana a’zolariga nisbatan sog’lom, tabiiy munosabatda bo’lishini istaysiz-ku. Agar tananinig qaysidir qismi bolani qanchalik qo’rqitadigan bo’lsa, bu narsa uning e’tiborini shunchalik ko’proq tortadi va oxir-oqibat yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Agar siz farzandingiz o’z jinsiy a’zosi bilan o’ynab o’tirganini ko’rib qolsangiz o’zingizning beo’xshov hatti-harakatingiz bilan, bolangiz shu ishni qiladigan bo’lsa uning o’zi yoki jinsiy a’zosi bilan nimadir sodir bo’lishi haqidagi afsonalar to’qish bilan uni qo’rqitib yubormang. Afsuski, ba’zi kishilarda u yoki bu tarzda bunday o’ta qo’pol munosabat tez-tez uchrab turadi. Kichkintoyni yumshoqlik bilan boshqa bir narsaga chalg’itish mumkin, axir siz uning bu narsani qilmasligini istaysiz, ammo uning o’zini jinoyatchi deb his qilishini va unda qandaydir bo’lmag’ur fikrlar o’rnashib qolishini istamaysizku. Ba’zi bolalar boshqa bolalar bilan o’ynaganlarida bir-birlariga qarashlari, ularning a’zolarini o’rganishlari va hatto “Vrachning qabulida bo’lish”  o’yinini tashkil etishlari ham mumkin.

BUGUNGI KUN O’YLARI...

Э-почта Print PDF

Bugungi kun bolalarini ko’raman-u, bolaligimni eslayman. Juda ajoyib damlar edi o’sha vaqtlar. Ko’cha changitar, darsga borib, o’qituvchining so’zlarini tinglab orom olar, go’yo sehrlangandyek o’tirardik... Iloji boricha yaxshi o’qishga, a’lo baholar olib, uydagilarga maqtanishga tirishardik... Kechalari ertak eshitmasak, uxlolmas, tinglaganimizda esa butun tanimiz, qalbimiz quloqqa aylanib ketardi. Biz uchun ota-ona dunyodagi eng tengi yo’q, o’xshashi yo’q kishilar edi. Ular haqida o’ylaganimizda ko’z oldimizga faqat va faqat yaxshiliklar, o’rnak hamda namunali zotlar kelardi... Bunday taassurot hali-hanuz saqlanib qolgan. Biz garchi bolaligimizda o’ta romantik, sodda va dunyodan faqat yaxshilik qidirib o’sgan bo’lishimizga qaramasdan hayotni, odamlarni o’rganishga harakat qilar, o’zimizdan kattani hurmat, kichikni izzat qilishimiz kerakligini yaxshi anglardik...
Darhaqiqat, bugungi bolalarni ko’raman-u, bolaligimni eslayman. Bugungi bolalar bundan o’n-o’n besh yil oldingi bolalardan keskin farq qiladi. Zamonaviy bolalarimiz avvalgilarga nisbatan ancha narsani bilishini barcha e’tirof etadi. Ular hayotni tez anglab, eslarini tez tanishmoqda. Avvallari urf bo’lgan “aldagani bola yaxshi” degan maqolni endi qo’llab bo’lmaydi. Zero, bugungi bolalarni aldashingiz amri mahol. Ular shunchalar ko’p narsa bilishadiki, ularning yoshlarida bundan o’n yil oldingi avlod bu narsalarni bilishi mumkin ham emas edi. Bunga, albatta, informatsiya asrining ta’sirini va fan-texnika yutuqlarining hayotimizga juda tez kirib kelishini sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Avvallari bolalar harakatli o’yinlardan ortmagan bo’lishsa, bugungi kun bolalari texnologik o’yinlardan bo’shashmaydi. Ilgarilari juda kam uchraydigan kompyuter va uyali telefonlarni bugungi kunda barchaning xonadonida ko’rishimiz mumkin. Ular ichida, ayniqsa, uyali aloqa vositalari shu darajada tabiiy ravishda turmushimizning ajralmas bir qismiga aylanib qoldiki, natijada ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmayapmiz. Aytish kerakki, bunday aloqa vositalari kundalik hayotimizda juda asqotadigan buyumlar sirasiga kiradi. U orqali uzog’imiz yaqin, og’irimiz yengil bo’lmoqda. Turmushimiz farovonlashib shu darajaga yetdiki, ota-onalar farzandlaridan xavotir olmaslik uchun ularga ham xuddi shunday telefon apparatlari olib berishmoqda va natijada jigargo’shalarining qayerda, qanday ahvolda ekanligidan xabardor bo’lib turishibdi. Bu yaxshi albatta, biroq har qanday narsaning yaxshi tomoni bo’lgani kabi yomon tomonining uchrashi ham bor gap...

Homiladorlik Taqvimi 23 - Hafta

Э-почта Print PDF

Bu davrda homilador ayollarda Brekston Hiks to'lg'oqlari boshlanishi mumkin. Ular qorinning pastgi tomonida yuzaga keladigan kutilmagan va yengil kechadigan og'riqlar ko'rinishida bo'lib, bachadonning tug'ruqqa tayyorgarlik nishonasidir. Homiladorlikning keyingi bosqichlarida bu to'lg'oqlar kuchaya boradi, lekin ularni haqiqiy tug'ruq to'lg'oqlari bilan adashtirmang. Boshlang'ich davrda siz shunday yengil to'lg'oqlarni qo'lingizni qorningiz ustiga qo'yib his qilishingiz mumkin. Qorningiz tosh kabi qattiq bo'lib qolganga o'xshaydi.

Bolachangiz haqida esa hech ikkilanmay ayta olamizki, u haqiqiy odamga aylangan, hattoki tush ham ko'ra oladi. 

Bundan tashqari, bola tez sur'atda yo'g to'plamoqda. Ko'rinishi hali qizil va bujmaygan. Bunga sabab - teri qavati yog' qavatidan tezroq shakllanadi. Shuning uchun teri tarang emas. Qizillik esa terida to'plangan pigmentlarning oqibatida hosil bo'ladi.

Bola borgan sari ko'proq aktivlik ko'rsatishiga qaramay, hali qorningizni u qadar qattiq tepib itarmaydi. Bu davrda endoskopiya qilinganda, bola bachadon ichida ekan kindik arqonini ushlab, homila atrofidagi suyuqlik-amnionga, uning uchun hozirda mavjud bo'lgan yagona atrof olamiga itarilishini ko'rsa bo'ladi.

Bolakay atrofdagi suvdan yutib, organizmidan siydik ko'rinishida chiqarishni davom ettiradi. Suyuqlik yutishi oqibatida bolada hiqichoq tutish holati yuzaga kelishi mumkin. Buni siz homila ichingizda go'yoki sakrab tushgandek harakatlar qilishidan seza olasiz.

Homila uzunligi 25 sm atrofida, vazni taxminan 450 gr.

Homiladorlik Taqvimi - 22 hafta

Э-почта Print PDF

O'tgan haftadagi kabi, qoningizning miqdori plazma hisobiga ko'payadi. Plazma - qon tanachalarini erita oladigan suyuqlikdir. Aynan shuning uchun ko'pgina homiladorlarda fiziologik anemiya uchrab turadi. Fiziologik anemiya normal holat bo'lsa-da vrachingiz bilan maslahatlashib ko'ring; yetarli miqdorda temir moddasini olyapsizmi, aks holda haqiqiy anemiyaga chalinishingiz mumkin.

Bolaning qabul qilish hususiyati kundan kunga yaxshiroq shakllanmoqda. Miyada bir suruv nerv hujayralar - neyronlar mavjud. Bola atrofni ushlab ko'rish orqali o'rganadi. Ushlab ko'rish bolaning ilk o'rgangan narsalaridan biridir; bola qo'l-oyoqlarini qay yo'sinda buklash, ularni harakatlantirish, tana a'zolarining joylashishi, ularning mutanosibligini tushunishni o'rganib boradi. Bola o'z yuzini ushlaydi, qo'l oyoqchalarini silashni o'rganadi. Barmog'ini so'rgisi kelsa, o'zi qo'lini og'ziga olib boradi, yoki boshini qo'li tomon egadi. Bu qobiliyatlar tug'ilgandan keyin ham mustahkamlanadi - bola atrofni ko'zi bilan o'rgana boshlaydi, og'ziga to'g'ri kelgan narsani soladi. Nima ham derdik, bu ham qiziquvchanlikning bir ko'rinishi-da.

Bosh suyagidan dumg'azagacha uzunlik- 19 sm atrofida. Vazni taxminan 350 gr.

Homiladorlik taqvimi - 21 hafta

Э-почта Print PDF

 


Qaddi qomati haqida qayg'uradiganlarni hafa qilamiz. Gap shundaki, keyingi 10 hafta davomida farzandingiz yog' yig'a boshlagani sababli siz ham to'xtovsiz semira boshlaysiz. Bu davrda vazn ortishi umumiy vazn ortishining taxminan yarmini tashkil etadi. Ishtahangiz oshganini sezasiz, modda almashinuvining oshishi sizdan yana qo'shimcha 500 kaloriyani talab etadi. Yaxshi ozuqlaning, aynan bir turdagi biror ovqatga yopishib olmang, ayniqsa juda yog'li va ozuqaviy qiymati oz bo'lgan ovqatlarga o'ta ruju qo'ymang. G'ayrioddiy u bu narsa yegingiz kelib qolsa hech ajablanmang. Buni buzilgan ishtaxa deyiladi: bir siqim tuproq  yoki umrida yemagan narsasini yegisi kelgan ayollar bo'lgan.

Bachadonning tepa qismi kindikdan taxminan 1,25 sm yudorida joylashgan.

Farzandingizning ham vazni oshgan. Endi uning vazni taxminan 300-400 grammni tashkil etadi. Qon tarkibida qizil qon hujayralarining soni yetarli darajada. Infeksiyalar bilan kurashishga javobgar bo'lgan oq qon hujayralari ham ishlab chiqarila boshlagan. Tilida tam biluvchi hujayralar paydo bo'lmoqda. Ovqat hazm qilish sistemasi yutilgan amniotik suyuqlikdan suv ajratib, to'g'ri ichagiga qadar o'tkazishga qodir.

Bolakay hali u qadar katta emas, bo'yi taxminan 18 sm, shuning uchun u bachadonda ko'ngli tusagunicha harakat qiladi, bunda onaning hissiyotlari haqida o'ylab ham o'tirmaydi. Taqdirga tan bering :)

 

Progesteron gormoni haqida

Э-почта Print PDF

Progesteron shunday gormonki, u homilani saqlanishiga ta’sir qiladi. Progesteron nima uchun kerak bo’ladi? Urug'lanishning birinchi fazasida progesteron ekstrogen gormoni bilan birga tuxum hujayra chiqishi uchun bor quvvati bilan ishlaydi. Ikkinchi faza boshlanishi bilan progesteron ishga kirishadi. Uning vazifasi – urug’langan tuxumhujayrani bachadonda ushlab turishdir. Agar progesteronning miqdori kam bo’lsa, bu xol homladorlikning to’xtab qolishiga olib keladi.

Page 1 of 7

  • «
  •  Start 
  •  Prev 
  •  1 
  •  2 
  •  3 
  •  4 
  •  5 
  •  6 
  •  7 
  •  Next 
  •  End 
  • »