Savol 1: Moriya Qibtiya [56] (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Ular Muqavqic (Misr voliiysi) Payg’ambar (s.a.v.)ga sovg’a qilib yuborgan misrlik ayol edilar.
S. 2: Ular Payg’ambar (s.a.v.)ga o’g’illari Ibrohimni tug’ib berganlari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 3: Moriya (r.a.) Madinaning aynan qayerida yashaganlar?
J.: Ular Oliya mahallasida yashaganlar.
S.4: Ibrohim qachon tug’ilgan?
J.: Ibrohim hijratning 7 yilida tug’ilgan.
Ayol va Islom
BA’ZI QO’SHIMCHA SAVOLLAR
MAYMUNA BINTI XORIS (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Javob: Maymuna (r.a.) al-Xoris ibn Xaznning qizi va Payg’ambar (s.a.v.)ning o’n birinchi javzalari bo’lganlar.
S. 2: Maymuna (r.a.)ga ota-onalari qanday ism qo’yganlar?
J.: Ota-onalari ularga Barra deb ism qo’yganlar, ammo Payg’ambar (s.a.v.) ularga Maymuna ismini berganlar.
S. 3: Maymuna (r.a.)ning onalarining ismi nima edi?
J.: Ularning onalarining ismi Hind edi.
S. 4: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri kim edi?
J.: Ularning birinchi eri Mas’ud ibn Amr ibn Umayr as-Sakafiy edi.
S. 5: Maymuna (r.a.)ning birinchi eri ular bilan ajrashganligi to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 6: Birinchi eri bilan ajrashganlaridan keyin Maymuna (r.a.) kimga turmushga chiqqanlar?
J.: Ajrashganlaridan keyin ularga Abu Ruham ibn Abdul-’Uzza o’ylangan edi.
S. 7: Abu Ruham Maymuna (r.a.) ni beva qoldirib, vafot qilgani to’g’rimi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 8: Payg’ambar (s.a.v.) Maymuna (r.a.)ga qachon uylanganlar?
J.: Hijratning 7 yilinida, Zul-qa’da oyida.
BIR EKSPEDITSIYA TARIXI (M. Qayumovning xotiralari va ayrim manbalar asosida Sohibqiron Amir Temur qabrini ochish bilan bog’liq ma'lumotlar)
QABRNI OCHISHDAN KO’ZLANGAN MAQSAD
O’sha davrda buyuk sarkarda qabri qayerda joylashgani va umuman Amir Temur O’zbyekistonda dafn etilganligi haqidagi gaplarga Sovet rahbariyati shubha bilan qarardi. 1941 yil 21 mart kuni Stalinga Markaziy komityet va Madaniyat ministrligi tomonidan Go’ri Amir maqbarasida arxeologik qazishma ishlarini olib borish haqida xat yetib keldi. Ekspeditsiyaning maqsadi – Amir Temur qabrini aniqlash va O’rta asrlarda yashab, faoliyat yuritgan Temuriylar sulolasini ilmiy asosda tekshirib o’rganish deb ko’rsatilgandi.
Tegishli hujjatlar tayyorlangandan so’ng Stalinning buyrug’iga ko’ra ishchi guruh tuzildi. Unga boshliq qilib olim va jamoat arbobi Qori Niyozov tayinlandi. Guruhga tilshunos olim A.Semyonov, antropolog olim M.Gerasimov, taniqli yozuvchi S.Ayniylar kiritildi (o’sha paytlar Amir Temur haqida asar yozish S.Ayniyning orzusi edi). Malik Kayumov esa ish jarayonini tasvirga oluvchi bosh operator etib tayinlandi. 1941 yil 15 may kuni, ekspeditsiya boshlanishi belgilangan kundan 5 kun oldin, ishchi guruhi Samarqandga yetib keldi va tayyorgarlik ishlari ko’rib qo’yildi. Go'ri Amir majmuasidagi qabrlarning ochilishi haqida xabar topgan mahalliy aholi norozilik bildirib, yig’ilishib kela boshlashdi. Birinchi kundanoq minglab odamlar kelishdi. Yig’ilganlarning ba’zilarini esa bu olimlar nimalar qilmoqchi ekanligini bilish qiziqtirar edi.
SAFIYA BINTI XUYAY AL-AHTOB (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Safiya (r.a.) kim edilar?
Javob: Safiya (r.a.) Xuyay ibn Ahtobning qizi va mo’minlarning onasi edilar.
S. 2: Safiya (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima edi?
J.: Ularni Zaynab deb ataganlar, ammo ular ko’proq Safiya (r.a.) nomi bilan mash’hurlar.
S. 3: Safiya (r.a.)ning onalarining ismi nima edi?
J.: Ularning onalarining ismi Bara binti Samusal edi.
S. 4: Safiya (r.a.) qaysi qabiladan edilar?
J.: Ular yahudiylarning mash’hur Banu Nadir qabilasidan edilar.
S. 5: Safiya (r.a.)ning otalari Banu Nadir qabilasining boshlig’i, onasi esa Banu Qurayza qabilasi boshlig’ining qizi ekanliklari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
UMMU HABIBA BINTI ABU SUFYON (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Ummu Habiba (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Ummu Habiba (r.a.) mo’minlarning onalaridan biri va Abu Sufyon (r.a.)ning qizlari edi.
S. 2: Ummu Habiba (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima edi?
J.: Ularning haqiqiy ismlari – Ramla, ammo ular ko’proq «Ummu Habiba? laqabi bilan ma’lуmdirlar.
S. 3: Nega ularni "Ummu Habiba" (Habibaning onasi) deb ataganlar?
J.: Chunki ularning Habiba ismli qizlari bo’lgan.
S. 4: Ummu Habiba (r.a.)ning birinchi erlari kim bo’lgan?
J.: Ularning birinchi erlari Ubaydulloh ibn Jaxsh bo’lgan.
S. 5: Ummu Habiba (r.a.) qachon tug’ilganlar?
J.: Ular Payg’ambarlikdan o’n etti yil oldin tug’ilganlar.
S. 6: Ummu Habiba (r.a.) islomni qachon qabul qilganlar?
J.: O’zlarining erlari Ubaydulloh ibn Jaxsh bilan birga Ummu Habiba (r.a.) Payg’ambar (s.a.v.) odamlarga o’z da’vatlarini boshlagandan keyin ko’p o’tmasdan islomni qabul qilganlar.
JUVAYRIYA BINTI AL-XORIS (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Juvayriya (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Juvayriya (r.a.) mo’minlarning onasi va Horic ibn Ararning qizi edilar.
S. 2: Juvayriya (r.a.)ning haqiqiy ismlari nima bo’lgan?
J.: Barra.
S. 3: Juvayriya (r.a.)ning otasi Banu Musta'liq urуg’ining mash'hur boshlig’i bo’lganmi?
J.: Ha.
S. 4: Juvayriya (r.a.)ning birinchi eri kim bo’lgan?
J.: Ularning birinchi eri Mуsaf ibn Safvon bo’lgan.
S. 5: Juvayriya (r.a.)ning otasi islomni qabul qilganmi?
J.: Ha.
S. 6: Juvayriya (r.a.)ning birinchi eri qaerda o’ldirilgan?
J.: Musulmonlarning banu Musta'liq qabilasi Bilan bo’lgan jangida.
S. 7: Juvayriya (r.a.) musulmonlarning Banu Musta'liq qabilasi ustidan qilgan g’alabasida asr olinganlar orasida bo’lganligi rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
ZAYNAB BINTI JAXSH (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Zaynab binti Jaxsh (r.a.) kim edilar?
Javob: Zaynab binti Jaxsh (r.a.)Payg’ambar (s.a.v.)ning beshinchi zavjalari edilar.
S. 2: Zaynab binti Jaxsh (r.a.)ning birinchi erlari kim bo’lgan?
J.: Zaynab binti Jaxsh (r.a.)ning birinchi erlari Payg’ambar (s.a.v.)ning asrandi o’g’illari Zayd ibn Xorisa (r.a.) edilar.
S. 3: Zaynab binti Jaxsh (r.a.) qaysi urug’dan edilar?
J: Zaynab binti Jaxsh (r.a.) Banu Asad ibn Xuzayma urуg’idan edilar.
S. 4: Zaynab binti Jaxsh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga ammavachcha edilarmi?
J.: Ha.
S. 5: Zayd ibn Xorisa (r.a.) zavjalari Zaynab binti Jaxsh Bilan o’zaro kelisha olmaganliklari tufayli ajrashganlari rostmi?
J.: Ha, shunday bo’lgan.
S. 6: Payg’ambar (s.a.v.) Zaynab binti Jaxsh (r.a.)ga qachon uylanganlar?
J.: Hijratning 5 yilida.
UMMU SALAMA BINTI ABU UMAYYA (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Ummu Salamaning haqiqiy ismlari qanaqa edi?
Javob: Ularning (r.a.) haqiqiy ismlari – Hind binti Abu Umayya, “Ummu Salama” (Salamaning onasi) - ularning laqablaridir.
S.2: Ularni otalarining ismi nima edi?
J.: Ularni otalarining ismlari Abu Umayya Suhayl ibn Mug’iyra al-Mahzumiydir.
S. 3: Ularni onalarining ismlari nima edi?
J.: Ularni onalarining ismlari Atiqa edi.
ZAYNAB BINTI XUZAYMA (Alloh ulardan rozi bo’lsin)
Savol 1: Zaynab binti Xuzayma (r.a.) kim bo’lganlar?
Javob: Zaynab binti Xuzayma (r.a.) Payg’ambar (s.a.v.)ning zavjalari bo’lganlar.
S.2: Zaynab binti Xuzayma (r.a.) qaysi urуg’dan edilar?
J.: Ular Banu Hilol ibn Amr ibn Sa’sa’a urуg’idan edilar.
HAFSA BINTI UMAR IBN AL-XATTOB (ikkalovlaridan ham Alloh rozi bo’lsin)
Savol 1: Hafsa (r.a.) kim edilar?
Javob: Hafsa (r.a.) Umar ibn al-Xattob(r.a.)ning qizlari va Payg’ambar (s.a.v.)ning to’rtinchi zavjalari edi.
S. 2: Hafsa (r.a.)ning onalarining ismlari nima edi?
J.: Ularning ismi Zaynab binti Maz’un edi.
OISHA BINTI ABU BAKR (Ikkalasidan ham Alloh rozi bo’lsin)
Savol 1: Oisha (r.a.) kim edilar?
Javob: Oisha (r.a.) Abu Bakr (r.a.)ning qizlari bo’lib, mo’minlarning onalaridan birlaridir.
S. 2: Oisha (r.a.)ning onalari kim edi?
J.: Ularning onalarining ismi Zaynab bo’lib, laqablari Уmmu Ro’man edi.
Page 1 of 3



