Ayol.Uz

Thursday, 09chi Sep

Oxirgi yangilanish10:21:59 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Ayol va Jamiyat

Ayol va Jamiyat

“XUDDI O’ZIMIZGA O’XSHAR EKANSIZ” (O’zbekiston xalq artisti, dotsent Zamira Suyunova bilan suhbat)

Э-почта Print PDF

- Vaqt o’tgan sayin, qanday kechgan bo’lishidan qat’iy nazar, bolalik davrini qo’msayveradi kishi. Siz ushbu davrni qanday eslaysiz?


Bolalik davrimiz bizniki juda qiziq o’tgan. Ko’pincha bizniki deb yuboraman beixtiyor, chunki oilada ko’pchilik bo’lganmiz, bizniki deb o’rganib qolganman. Oilamiz doimo gavjum bo’lardi, o’nta farzand bo’lganmiz (o’n bitta edik, bittamiz bevaqt o’tib qolgan). Otam juda bag’rikeng inson  edilar. Bizdan tashqari ota-onasi o’tib ketgan qarindoshlarning ham farzandlarini davramizga qo’shib, o’nta emas, o’n ikkita-o’n uchta qilib katta qilganlar.
Qashqadaryo viloyatining tog’li chekka qishloqlaridan birida katta bo’lganman. 1970-72 yillar edi. Toshkentda maktabda o’qiganim uchun ta’til paytlarida o’rtoqlarimni olib borsam, “voy-bu shuncha uzoqdan kelib o’qirkansiz-a” deyishgan. Shunaqa paytlar bo’lganki, uncha tuzatilmagan yo’llarda mashinalarning o’tishi ham qiyin edi.. Tog’li joy, mashinalar ham kam. Dugonalarim ularni ko’rib hayratlangan. Qishlog’imiz ob-havosi-yu bahordagi go’zalligini ta’riflab bo’lmaydi. Buning gashtini bahorda qir-adirlarga, tog’larga chiqqan odamlar bilishadi. Qishloqni ko’rmagan qizlarimiz uchun bunday manzaralar judayam qiziq bo’lgan. Ular qirlarga chiqqanini, tabiiy sut-qaymoqlar mazasini hali-hanuz eslashadi.
O’sha paytda biz dugonalar endi 5-6 sinfda o’qirdik. Men 10 yoshimdan Toshkentdaman-ku. Yozgi ta’til paytlari shunday bo’lardi. Qirga chiqib, mol boqsh bahona, barchamiz yig’ilishib, qo’shiq aytib o’ynashardik. “Qo’shiq aytib ber” deyisharkan qizlar, eslayman-da. Har xil qo’shiqlar aytardim. Ayniqsa hind filmlaridagi qo’shiqlar avj olgan paytlar edi. Ulardan aytib, o’yin-kulgi qilib o’tirardik. Bu manzaralar hamisha yodimda turadi.

MEHNAT KAFOLATLARI (Buni onalar bilishlari kerak)

Э-почта Print PDF

Ishga qabul qilish

Ayollarni homiladorligi yoki bolalari borligi  uchun ishga qabul qilishdan bosh tortish yoki oylik maoshini pasaytirish ta'qiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshgacha bolasi bo’lgan ayolni ishga olishdan bosh tortgan ish beruvchi bosh tortish sabablari haqida unga yozma ravishda bildirishga majbur. Ishga qabul qilishdan bosh tortish masalasi, hatto ish beruvchi rad qilish sabablarini yozma tarzda asoslamagan bo’lsa ham, sudga shikoyat qilinishi mumkin (Mehnat kodeksining (bundan keyin MK) 76 va 224 moddalari). Homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar ishga daslabki sinovsiz qabul qilinadilar (MKning 84 moddasi).

Qo'shnichilik odobi

Э-почта Print PDF
ImageHovli olma qo’shni ol deydi dono xalqimiz. Boshqa maqollar kabi bunisi ham bekorga emasligini hammamiz bilamiz. Uzoqdagi qarindoshdan yoningdagi qo’shning yaxshi deyishadi. To’g’rida, boshqalarning yordamisiz hal qila olmaydigan kichik bir muammomiz chiqsa, eng birinchi qo’shnimizga yuguramiz. To’y ma’rakalarimizda ham be’minnat yordamchilarimiz qo’shnilarimizdir. Mehmondo’st o’zbekka  to’y –ma’rkasida  ba’zi ashyolarda kamchilik sezsa , aqliga qo’’shnisi keladi. Azamizniyam, to’yimizniyam xabarini birinchi qo’shni eshitadi. Xullas hammaning yaxshi bir qo’shniga ehtiyoji bor. Barja ijtimoiy aloqalardagi kabi qo’shnichilikning ham o’ziga yarasha haq huquqlari bor. Kim buni milliy , kim diniy chegaralarda belgilaydi. Milliyligimizning bazi jihatlari dinimizga borib taqalgani uchun, dinimizdagi qo’shni haqlarini bilish hammamiz uchun kerak. Dinimizda belgilangan qo’shni haqlari quyidagilar bo’lib buni sizga Imom G’azzoliyning kitoblaridab keltirayapmiz.

 

XVIII-XIX asrlardagi o'zbek ayollari teatr truppalari haqida

Э-почта Print PDF

Teatr - o’zbek san’at turlari ichida qadimiylaridan biridir. Uning tarixi milloddan avvalgi birinchi ming yillikka borib taqaladi. Bugun men va siz biladigan teatr asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga o’tib kelishida ayollarning o’rni  ham beqiyosdir. Turkistonda qadimdan ayollarning o’ziga xos truppalari mavjud bo’lgan. Ayollar truppalarining yuzaga kelishiga turli xil halq o’yinlari, marosim va bayramlarda aytiladigan ashulalar, epos va afsonalar asos bo’lgn. Ayollar truppalari tomoshalari “ichkari”da, ayollar yig’inlarida o’tar, ularning dasturlari asosan hikoya aytishuv, lapar, yalla, ashula, qiziqarli raqslardan iborat bo’lar edi.

Ayol tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar bormi?

Э-почта Print PDF

ImageMen 8 yillardan buyon tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelmoqdaman ya'ni bolalarga chet tillarni, kompuyter savodxonligi va shunga o'xshash 5 hildagi qisqa kurslar tashkillab o'qitib kelmoqdaman.
Ushbu faoliyatim tuman hududida yagona hisoblanadi. Endilikda bu faoliyatimni kengaytirish va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun ayol tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar mavjud bo'lsa axborot olsam. Iloji bo'lsa.”

 

Tahririyatimizga mana shu mazmundagi xat kelib tushgach, unda qo’yilgan savolga javob topish uchun aqlimga birinchi kelgan narsa tadbirkorlar palatasiga telefon qilish bo’ldi. U yerda kredit bilan umuman shug’ullanmasliklarini, buni bankalardan so’rash kerakligini aytishdi.


Chek olishni unutmang

Э-почта Print PDF

Imageiriska-xxi.livejournal.com blogida qiziq bir hikoyaga duch kelib qoldik. Mamlakatimiz istemolchilari o'z huquqlarini himoya qilishlari uchun foydali bo'lgan bu voqea diqqatimizni tortti. Hikoya rus tilida bo'lgani sababli uni o'zbek tiliga tarjima qilib saytimizda joylashtirish uchun hikoya egasidan ruhsat so'radik va ijobiy javob olgandan so'ng sizning e'tibirongizga ushbu voqeaning tarjimasini taqdim etamiz

Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat... Ayollar!

Э-почта Print PDF
ImageTransport turlari ichida eng yoqtirganim - metro. Tez-tez qatnaydi. Shinam, chiroyli. Yozda salqin, qishda esa issiq. Hulas, har tomonlama qulay. Shu bois biror joyga borishni rejalashtirsam transportning boshqa turlaridan ko`ra ko`proq metroni afzal ko`raman.

Mashina mingan ayol

Э-почта Print PDF
ImageTaxminiy ma’lumotlarga ko’ra Toshkent shahrining bitta tumaniga 10mingga yaqin haydovchi to’g’ri kelar ekan. Shularning 4 mingdan oshiqrog’i – ayollar. Ayol haydovchilarning 64 foizini qirq yosh atrofidagilar, 15 foizini yosh qizlar va 6 foizini undan katta yoshlilar tashkil etar ekan. Agar poytaxtimiz 14 ta tumandan iboratligini hisobga olsak, ayol haydovchilar (Toshkent miqyosida) 55 mingdan oshiqroq ekan.

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida

Э-почта Print PDF
ImageO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2007 yilning 16 noyabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar o‘rta hisobda 1,2 baravar oshirilsin.

2. 2007 yilning 16 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

Gar ogohsen, shohsen...

Э-почта Print PDF
ImageFeminizm – xotin qizlar siyosiy oqimi

Bugungi tub ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tufayli sharq va g’arb orasidagi temir darvozalar buzilib, turli-tuman mafkuralar va qarashlarning omma orasiga kirib kelayotganligi sir emas.bunday mafkuralardan xotin-qizlar ham xoli emaslar. XIX asrning o’rtalarida g’arb mamlakatlarida paydo bo’lgan xotin-qizlarning feministic harakatlari va shu harakat negizida shakllangan feministic qarashlar shunday mafkuralar jumlasidandir. Xo’sh, feminizmning o’zi nima, bizda uning paydo bo’lishi uchun ijtimoiy omillar bormi, biz unga qanday yondoshishimiz lozim? Bugun biz o’zbek ayollari bu masaladan ogoh bo’lishimiz lozim.

To'ylar haqida o'ylar

Э-почта Print PDF
ImageDunyodagi ko’p xalqlar qatori biz – o’zbeklarda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga intilganlar. To’y rasm-rusmlari ham nikohni, oilani mustahkamlashga qaratilgan. To’ylar xalqni ma’naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo’lgan. Chunki to’ylarda xalq og’zaki ijodi – laparlar, termalar, millliy raqs san’ati, qo’shiq san’ati ham ravnaq topgan.

Page 1 of 2

  • «
  •  Start 
  •  Prev 
  •  1 
  •  2 
  •  Next 
  •  End 
  • »