Kerakli masalliqlar:
250 gr saryog' yoki margarin
1 stakan shakar
2 dona tuhum
400 gr tvorog
2,5 stakan un
500 gr qulupnay
biroz shokolad
Un va yumshatilgan saryog'ni qo'limiz bilan uqalaymiz va listga bir tekisda sepib chiqamiz. Qo'l bilan sepilgan unsli masalliqni bosmang.

Qulupnay, tvorog, shakar va tuxumni blenderda aralashtiramiz.

Hosil bo'lgan aralashmani unli qorishtirmamiz ustidan ehtiyotkorlik bilan bir tekisda quyib chiqamiz.

pirogni o'rtachadan pastroq olovda 50-60 minut pishiramiz. Tayyor bo'lgach, ustini eritilgan shokolad bilan bezatamiz.

Ishtaxangiz yoqimli bo'lsin!













O’zbekistonda yashasangiz yoz oylarida olcha topish qiyin emas, balki har birimizning ko’chasida, hovlisida olcha darahti ham bordir, bazan olchalar terilmay darahtda qurib ham ketadi, agar nordon bilan shirin mazalarni birga yeyishni yoqtirsangiz olchalaringiz bekorga qurib ketmay bu keksda ishlatilsa bo’ladi. Tayyorlanishi onson, ko’p vaqt talab qilinmaydi, masalliqlar esa deyarli hammamizning ro’zgo’rimizda bor masalliqlar.
Kerakli masalliqlar:
Mücver (Mujver deb o’qiladi) retsepti turk oshxonasidan olingan bo’lib, qilinishi juda oson, kam vaqt va masalliq talab qiladigan taomdir. Retseptdaki sabzavot turini o’zgartirsa ham bo’ladi, ba`zi retseptlarda pishloq va/yoki pishgan kartoshka ham solinadi, lekin kotleta yog’da qizartirilishi sababli juda yog’li bo’lishini hohlamasangiz solmaganingiz ma’qul.
