Agar o’z elating qadr etsa seni,
“O’g’lim” desa sevib, boshingni silab.
Uying mo’risidan chiqsa tutuni,
Hovlingda bolalar chopsa do’mbillab –
Bu sening baxtingdir, beqiyos baxting.
Otang qo’lin ochsa duoga mudom,
Munis onang yopsa issiqqina non,
Ta’zim etsa kelin, ul qutlug’ qadam,
Qaynab tursa tinmay ro’zg’orda qozon,
Bu sening baxtingdir, beqiyos baxting.
Adabiyot
SHUKRONA AYT
TO’G'RI VA EGRI HAQIDA AFSONA
Dunyo ishi ming alfoz:
Unda bordir qish ham yoz.
Goh tun chodir tashlagay,
Goh oqliklar yashnagay.
Goh chechaklar bo’y sochar,
Shodlik eshigin ochar.
Goh tikonlar zarbidan
Tovonlrdan oqar qon.
Haqiqatdan nur yog’ar,
Razolatdan dil ozar.
Undan goh quvonch, armon,
Goh hud, goh behud zamon.
Birin alqar odamzod,
Birin qarg’ar odamzod.
Bugun so’ylay bir matal,
Ma’nosini uqib ol.
* * *
Derlar qadim-qadimda,
Qay bir shahri azimda,
Yasharkan Egri, To’g’ri,
Janjalda o’tib umri.
Jamiki qaroliklar,
Dillarga yaroliklar,
Alamlar, iztiroblar,
Qalb yonishi, azoblar,
Egriga ekan yo’ldosh.
Undan barcha ko'zda yosh.
To’g’ri - dili tong ekan,
Kuy to’la ohang ekan.
U yurgan yo’l gul ekan,
Chechaklarga mo’l ekan.
Boqsa kularkan olam,
Kuchga to’larkan odam.
Bulbulning tori undan,
Toglarning qori undan,
Undan qirmizrang lola,
Undan sho’xdir shalola...
O’tgan kunlar birida,
Qay bir shahri azimda,
Bo’libdi qiziq kengash,
Saylash-chun shaharga bosh.
To’g’rini tanlabdi el,
Katta-kichik boylab bel.
Egri bo’libdi mulzam,
Qalbin yondirib alam.
Olmoq uchun u o’chin,
Olibdi qil qilichin.
Shovullagan bog'larni,
Ko’m-ko’k qiru tog’larni,
Odamzod bo’lgan xushtor.
Ne tirik go’zallik bor –
Barin yoqmoq bo’libdi,
Ko’zi qonga to’libdi.
Borliqqa sochib ajal,
Yetib kelibdi dajjol.
Qora dev solib daxshat,
Uchibdi go'yo kalxat.
Tashvishga tushibdi el,
O’y bosib zilu-zambil.
Shunda nuroniy bir chol.
Qaddi egik misli dol,
Debdi: «Ey azizlarim,
Mening o'g'il-qizlarim,
Aql – umr chirog’i,
Aql – inson yarog’i.
O’ylab qo’yaylik qadam,
Vayron bo’lmasin olam.
Kim qora-yu kim oqdir,
Kim to’g’ri, kim nohaqdir,
Adolat qilsin qozi,
Bo’laylik shunga rozi.
Bo’lmasa qon to’kilar,
Nohaq qadlar bukilar...»
Barcha bo’libdi rozi,
Topgan kabi tarozi.
Chorlashibdi qozini,
Tinglashibdi rozini:
- Biling, hozir haqiqat,
Yurta bo’lgandir g’orat.
To’g’ridan qochgan iqbol,
Kun tundan qochgan misol –
Javob beribdi qozi,
Hamma bo’lib norozi,
Alamdan g’am chekibdi,
Ko’zdan yoshin to’kibdi.
To’g’ri badar ketibdi,
Chuqur g’orga etibdi.
Tunda g’or yorishibdi,
Kimlardir kelishibdi.
May ichib bo’lib karaxt,
Qilishibdi xush suhbat.
Shunda ularning biri
Der: «Qiziq dunyo siri,
Baxtning qushi Egrida,
Alm va g’am To’g’rida.
Egrining joni menda,
Qamab qo’yganman xumga.
Bilmas bizni hech kimsa,
Bilsa o’lardi, xumsa».
May ichib bo’lib sarxush,
Uxlashibdi so’ng bexush.
To’g’ri xumni olibdi,
Shaharga yo’l solibdi.
Quvonibdi elu yurt,
yomonlikka qo’yib o’t...
* * *
Mana tugadi matal,
Ma’nosini chaqib ol.
Top to’g’ri yo’l kalitin,
Bag’ring bo’lmaydi tutun.
Bil sirini, bolajon,
Mushkullar bo’lar oson!
MARDI NURIDDINOV
OQBOTIR VA YULDUZ
(Ertak-qissa)
Ey, ilhomim jo’sh urgin,
So’z gavharin toshirgin,
Xayollarga qanot ber,
Anbar bo’ylar ufurgin.
Quloq solsin dalalar,
Quloq solsin bolalar.
Shirin qo’shiq kuylasin
Men-la bag’ri saralar.
So’ylab ber bir afsona,
Moziydan bir durdona.
Tilaklaring bildirgin,
Bilsang, bu bir bahona.
* * *
Beshtovning o’r-qirida,
Ma’shuqtovning yerida
Ulg’aydi bir parivash,
Guldek suluv, qalamqosh.
Sarv desa sarv qomati,
Kiparisdek siyrati.
Bir qarich kipriklari,
Durkundir ko’kraklari.
Yuzlarida yolqin bor,
Badani oppoq marmar.
BOG’IMIZDA
Oyna kabi yaltirab
Suvlar oqadi.
Uning ajib hikmati,
Hech tuganmas ziynati
Dilga yoqadi.
BARZANGI
Avtobus Buxoro tomonga yelib borayapti. Quyosh nayzaga kelib, rosa zabtiga olgan. Issiqdan yo’lovchilar betoqat, hamma shamol kirayotgan joyga intiladi.
Shofyor maykachan, 35 yoshlardagi yigit. Uning chayir qo’llari quyosh nurida qorayib ketgan. Ko’zi yo’lda-yu, tili gapda:
— Mani mashinaning piri deyvering, oko, ha. Haydoppan-haydoppan, bir payt hisoblasam, roppa-rosa o’n besh yil bo’pti. Man mingan mashina g’irko’k otdek yuguraveradi, oko. Bu qo’llar tekkan temir, oyoq chiqarib o’zidan-o’zi chopaveradi.
SHAFTOLI
Shaftolijon, shaftoli,
Sen ham bog’imning boli.
Hil-hil bo’lib pishibsan,
Ariqchaga tushibsan.
To’lishgansan xo’b tarang,
Ko’ylaging bor pushtirang.
Undan soflik boqibdi,
Sharbat, qiyom oqibdi.
Yedim, yording tilimni,
Shavqqa ko’mding dilimni.
So’lma sira shaftoli,
Sen ham bog’imning boli.
Mardi Nuriddinov
PUSHAYMON
(hikoya)
Sattor aka telefon go’shagini ko’tarib, kerakli raqamlarni terdi. Bir oz vaqt o’tgach, «Oshxona» degan javob eshitildi.
— Ilhom Saidovich kerak! Yo’q deysizmi? Kattalardan kim bor, chaqiring.
Sattor aka telefon go’shagini o’ynagancha o’yga toldi: «Ilhom Saidovichning yo’qligi yaxshi bo’lmadi-da. Endi nima bo’ladi?» Shu payt telefonda ovoz eshitildi. Xususiy oshxona boshqaruvchisi Sharif edi. U Sattor aka bilan quyuq so’rashdi. So’ng Ilhom Saidovich hamma gapni tayinlaganini aytib, mehmonlar qachon kelishini surishtirdi.
— O’zingizdan qolar gap yo’q, Sharifjon. Mehmonlar nozik...
— Albatta-da, tog’a. Siz uchun osmondan yulduz uzib tushsam ham oz...
Sattor akaning ko’ngli joyiga tushdi. Ziyofat tartibi, nimalar zarurligi xususida ishoralar qildi-da, telefonni joyiga qo’ydi.
JON ONAM
Dunyoda hammadan ham,
Mening onam chiroyli.
Ko'ksiga boshim qo'ysam,
Tafti quyoshli, oyli.
Jon onam, jonim onam,
Unga mehrim bir olam.
JUMADAN SO’NG
Chin duosin mustajobin bergin Alloh,
Sening bilan nurli suhbat qurdi begim.
Bandalaring qatorida Rabbim deya,
Joynamozdan umid bilan turdi begim.
Jamoatda jam bo’lar pok mo’min ahdi,
Jamoatdan qo’rqib sinar shayton shahdi
Har yurakning sof niyati Tangri taxti
Joynamozdan umid bilan turdi begim.
BESHDAN QO’RQQAN BUZOQVOY
Aqlli Buzoqvoyning kichkina bir yomon odati bo’lib, maktabda to’rtdan yuqori baho olmas ekan. Sinf ishini ham, uy vazifasini ham faqat to’rt bahoga bajarar ekan.
Buzoqvoydan Beshvoy juda ranjibdi.
- Nega sen doyim meni xafa qilasan?
- Seni xafa qilganim yo’q!-debdi Buzoqvoy,- Sendan qo’rqaman!
ALLOH BERSIN ISHLARINGIZ RIVOJINI...
O’zi berdi sizga umr gultojini,
Ahli ayol, farzand nomlig’ ishonchini,
Shukronada so’rang begim, tilang begim,
Alloh bersin ishlaringiz rivojini...
Davlat berar riyozatin chekkan qulga,
Davlat berar umidla don ekkan qulga,
Sinab bergan siylab berar qadoq qo’lga,
Alloh bersin ishlaringiz rivojini...
Page 1 of 4



