Zarur masalliqlar: 200 grammdan qaynatilgan krevetka (yoki dudlangan tovuq go‘shti) va pishloq, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 tadan qizil va sariq bulg‘or qalampiri, mayonez, ko‘katlar, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Bulg‘or qalampirlarini to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Pishloq, tuxum oqi va sarig‘ini qirg‘ichdan o‘tkazing.
2. Salat likopchasiga avval bulg‘or qalampirini soling. Tuz sepib, ustini mayonez bilan qoplang. So‘ngra krevetkalarni joylashtirasiz. Tuz va murch sepib, mayonez surting.
3. Masalliqlarga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni qo‘shing. Yuzasini tekislab, mayonez surting. Tuxumni avval, sarig‘ini so‘ng oqini ishlating (sarig‘idan 2 osh qoshiq olib qolsangiz, bezak uchun foydalanasiz).
4. Salat yuzasiga tuz va murch seping-da, mayonez surting. Tuxum sarig‘i, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar va sabzi bilan suratdagi kabi bezating.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
8 kishilik
Manba: Darakchi.uz