Asal — bu nafaqat mazali shirinlik, balki salomatligimiz bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni bartaraf qilishda bizning yordamchimiz ham hisoblanadi.
Asalni bir yoshgacha bo‘lgan bolalar va unga allergiyasi bo‘lganlar iste’mol qilishlari mumkin emasligini hisobga oling. Va u davolash uchun bosh vosita emas, balki yordamchi vosita ekanligini unutmang.
1.Akneni davolash
Asalli niqob yuzdagi turg‘un dog‘lar va qizarishlarni yo‘qotishga yordam beradi. Uni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq zaytun yog‘ini aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va 20 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
2. GERKni davolash
GERK (gastroezofageal reflyuksli kasallik) — bu qizilo‘ngachning me’da qaynashi bilan kechadigan yallig‘lanishi. Asal me’dadagi kislotani normallashtirish xususiyatiga egadir.
Qizilo‘ngach shilliq qavatini yumshatish va tiklash uchun bir kunda ikki marta ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 choy qoshiqdan asal iste’mol qiling.
3. Stomatitni davolash
Asal sal yengilroq yallig‘lanishlarni davolash bilan stomatit alomatlarini yengillashtiradi.
Paxtani suvga ho‘llang va og‘izdagi yarachalarni arting. Keyin quruq paxta o‘ralgan cho‘p bilan ularga asal suring. Buni bir kunda bir necha marta takrorlang.
4. Yo‘talni davolash
200 g iliq suv ichiga yarim choy qoshiq qahva va ikki yarim choy qoshiq asal solib aralashtiring. Bir kunda uch marta iching. Asal tomoqni yumshatadi va uning qichishishini to‘xtatadi. Kofein esa bronxlarni kengaytiradi, buning natijasida nafas olish yengillashadi.
5. Ekzema va seboriyali dermatitni davolash
Ekzema terining qalinlashishi, qizarishi, qichishishi va buning natijasida qontalash yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Seboriyali dermatitda bu alomatlar yuz va boshda namoyon bo‘ladi.
Kasallikning bu belgilarini yengillashtirish uchun zararlangan joyga har kuni asal surilgan bint qo‘ying va uch soat shunday qoldiring.
6. Grippni davolash
Asal gripp alomatlarini ham yengillashtirishga yordam beradi. Agar kasal bo‘lsangiz, har uch soatda bir osh qoshiqdan asal yeng. Asalli choy esa viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz