Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo‘lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo‘lishi lozim. Barcha ma’suliyat erkakda deb o‘ylamang, aziz ayollar...
Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishtirib o‘tamiz:
1. "Men qimirlamay' yotsam ham bo‘ladi. Erim hammasini o‘zi bajaradi" degan fikrda bo‘lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko‘rishni, sezishni istaydi. Erkak "qimirlamay" yotgan ayoli o‘ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o‘ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o‘z tuyg‘ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.
2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo‘ying. Farzandingiz bugun maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo‘ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo‘lsin. Bundan o‘zingiz yutasiz.
3. Birga bo‘lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go‘zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to‘shakda go‘zallik qo‘shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo‘ying. To‘shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo‘lib olsangiz yoqimliroq bo‘ladi.
4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini o‘rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo‘lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo‘lmasin. Bir xillik zeriktiradi.
5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta’na qilmang, bir narsani undirib olish uchun aloqaga kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne’mat, undan manfaat ko‘zlamang.
6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o‘zbek ayollariga xos go‘zallik. Lekin bir necha yildan beri birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o‘tib erkak uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo‘lganini istaydi.
7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. Erkaklar ko‘zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, ko‘rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakka yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar kiyib yurishni o‘rganing.
8. Siz ham tashabbuskor bo‘ling. Har doim ham eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa davomida harakatlarini o‘zgartirishi, yangilarini tadbiq qilishi unga zerikarli bo‘lib qoladi. Sizdan ham tashabbus chiqsin. "Bugun mana shunday bo‘lsin" yoki "men shunday qilib ko‘ray" kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini yanada qizdiradi.
9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat eringiz ma’suliyatli deb o‘ylasangiz adashasiz. Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o‘z badaningizni, o‘z xohish va ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga yetkaza olishingiz lozim.
{xtypo_quote}Нозланиш билан уялишнинг фарқи катта...{xtypo_quote}
10. Эрингиз қилаётган айрим таклифларидан бош тортманг. Эрингиз бирга бўлаётганингизда сиздан бир нима талаб қилса, рад этишга шошилманг, ахир бундан сиз ҳам манфаатдорсиз. Икки севувчи қалб орасидаги жинсий алоқанинг асосий мақсади бир бирига лаззат ато этиш. Эрингизни хурсанд қилиш имконияти бор экан, йўқ деманг.
Эр-хотин бутун ҳаёт давомида бирга бўлишни ният қиладилар. Улар орасидаги жинсий алоқа эса ана шу ҳаётнинг ажралмас қисмидир. Уни биргаликда яхшилаш, сифатини ошириш, унга нисбатан фақат ижобий муносабатда бўлиш, алоқадан ҳар томонлама бахраманд бўлиш ва лаззатланиш бу сизнинг ва суюкли ёрингизнинг вазифаси. Бунинг натижаси эса аҳил муносабатлар...
Ахир сезмаганмисиз, ажойиб ўтказилган "тун"дан кейин яхши кайфиятли, табассумга бой тонг келишини...