Nima deb o‘ylaysiz go‘zallik borasida gap ketganda ayollar nimadan qo‘rqishadi. Albatta, ajinlardan. Baqbaqalardan ham! Ayniqsa, bo‘yindagi ajin va baqbaqa ayolning yoshiga yosh qo‘shib ko‘rsatsa, bundan-da qo‘rqinchlisi bo‘lmasa kerak. Lekin tashvishlanmang, muammoning yechimi bor. Bu haqda to‘liqroq kosmetolog Mahbuba MAMANOVA so‘zlaydi.
Qaddingizni tik tuting
Hech e’tibor berganmisiz bukchayib yoki boshini doim egib yuradigan ayollarning bo‘yniga tez ajin tushadi. Chunki umurtqa poјonasining qiyshayishi bo‘yin mushaklarining zaiflashuviga olib keladi. Ustiga ustak, Yerning tortishish kuchi ham qo‘shiladi-da, mushaklar osilib qola boshlaydi. Muammoning oldini olish uchun esa hozirning o‘zidayoq yelkalaringizni tik tutib o‘tirib oling. Endi boshingizni baland ko‘taring. Quyidagi tavsiyalarimizni bajarish choјida ushbu holatni saqlab qolish juda muhim. Natijaga erishishni istasangiz, buni doim yodda saqlang!
Uqalash ham yordam beradi
Bo‘yin va bo‘yin atrofi sohasiga namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi kremdan surtib, aylanma harakatlar bilan pastdan yuqoriga tomon uqalaysiz. Sezilarli natijaga erishish uchun amaliyotni har kuni o‘tkazish talab etiladi. Bunda bo‘yinning faqat ikki yon tomonigina uqalanadi. Chunki qalqonsimon bezda shusiz ham qon yaxshi aylanadi. Uni raјbatlantirish shartmas. Imkon qadar bu bezga tegmaslikka harakat qiling.
Nafas mashqi
Oјizni to‘ldirib havo yiјing-da, uni ichga yuting. Sezdingizmi? Bo‘yinning old mushaklari darrov harakatga keldi. Maslahatimiz, bu mashqni odatga aylantiring. Ya’ni 21 kun kun davomida muntazam bajarib tursangiz, keyin avtomatik tarzda takrorlayverasiz.
Qanday yostiqda yotasiz?
Baland yostiqda yotadiganlardan bo‘lsangiz, darhol bu ishni tark eting. Chunki bosh oldinga egilganda (baland yostiqda xuddi shunday bo‘ladi) bo‘yinda qon aylanishi yomonlashadi. Katta yoshli insonlarda bu insult xavfini orttiradi. Chunki miyaga qon yetib borishi qiyinlashadi. Bo‘yin va tana bir tekisda bo‘lganida esa bo‘yin orqali o‘tuvchi tomirlar miyaga qonni yaxshi haydaydi. Uyqu payti qon aylanishi sekinlashganida esa mushaklar bo‘shashadi. Natija ma’lum, baqbaqa va ajinlar. Buning oldini olish uchun esa maxsus ortopedik yostiqlar ishlab chiqarilgan. Biroq bunday yostiqlardan bo‘ynida tuz yiјilgan yoki osteoxondrozdan aziyat chekuvchi bemorlar foydalanmaganlari afzal. Uy sharoitida esa grechixa yormasi qipiјini yiјib, maxsus yostiq tikishingiz mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha bunday yostiqlar boshning shaklini aynan takrorlab, ortiqcha noqulaylik tuјdirmaydi va bo‘yindagi ajinlarning oldini oladi.
Gollivud yulduzlari tavsiya etadi!
Har tong mashhur Gollivud aktrisasi Meril Strip bo‘yin uchun press mashqini bajarar ekan. Va barcha muxlislariga ushbu mashqni sinab ko‘rishni taklif qiladi. Demak, uyјonganingizdan keyin karavotga shunday yotingki, bo‘yin va boshingiz undan chiqib tursin. Buning uchun karavotingiz suyanchiqsiz bo‘lishi kerak. Yoki ikki kishilik karavotning eniga joylashsangiz ham bo‘ladi. Avval 30 soniya bo‘yinni tana bilan bir maromda ushlab turasiz. Keyin 15 marta boshni tepaga-pastga harakatlantirasiz. Muhimi muntazam bajarish!
Tennis koptogingiz bormi?
Tennis uchun mo‘ljallangan koptokchani bo‘yinga qistirib, imkon qadar siqishga harakat qiling. Keiyn asta bo‘shatasiz. Mashqni 10 marta amalga oshirish tavsiya etiladi. Kun davomida bir necha bor takrorlab yursangiz bo‘ladi.
A-a-a deng-chi
Bu mashq bo‘yindagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo‘lishning eng samarali choralaridan biri sanaladi. Uni amalga oshirish uchun o‘zingizga qulay tarzda o‘tirib oling. Keyin oјizni katta ochib, tilni imkon qadar oldinga cho‘zib «a-a-a-a» deysiz. Huddi shifokor ko‘rigidan o‘tayotgandek. Ushbu holatda 10 soniya turgandan keyin mushaklarga biroz dam bersangiz bo‘ladi.
Kompress qilamiz
Avval alohida idishlarga issiq va sovuq suv tayyorlab olasiz. Issiq suvga moychechak damlamasidan qo‘shsangiz yanayam yaxshi. Sochiqni issiq suvga solib, suvini yaxshilab siqing-da, 2-3 daqiqaga bo‘yinga qo‘ying. Ikkinchi sochiqni sovuq suvga solib, suvini yaxshilab siqasiz-da birinchi sochiqning o‘rniga o‘raysiz. Sochiqlarni 6-8 marta almashtirganingizdan keyin, sovuq kompress bilan jarayonni yakunlang. Kompressni haftada ikki marta bajarib tursangiz, natija tez orada ko‘zga tashlanadi.
Manba: Darakchi.uz