Madaniyat

Bo‘yalgan sochlar uchun foydali damlama

Dorixonadan moychechak (romashka) va qichitqi o‘t (krapiva) giyohlaridan xarid qiling. Mazkur o‘simliklar asosida tayyorlanadigan damlama bo‘yalgan sochlarni chayishda ishlatilsa, juda foydali. Damlamani tayyorlash uchun ikkala o‘simlikning quritilgan o‘tidan 2-3 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga damlang. 30 daqiqa dam yegach, bemalol foydalansangiz bo‘ladi. Damlamadan tez-tez foydalanib tursangiz, sochlarning bo‘yalgan rangi uzoqroq saqlanadi.

Manba: Darakchi.uz