Bosh aylanishini yengillashtirish uchun biroz yoting va ko‘zlaringizni yuming. O‘zidan-o‘zi bosh aylanishi — bu kasallik emas, balki salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolarning alomati hisoblanadi. Undan qutulish uchun uni nima keltirib chiqarganini aniqlab olish kerak bo‘ladi.
Bosh aylanishining sabablari
Uni turli xil omillar keltirib chiqarishi mumkin:
- spirtli ichimlik;
- boshning bezarar to‘xtovsiz pozitsion aylanishi (BBTPA);
- qon bosimining pastligi;
- qon tarkibida shakar miqdorining kamligi;
- insult;
- suvsizlanish;
- giperventilyasiya;
- vahima hujumi;
- o‘rta quloq infeksiyasi;
- dengiz kasalligi;
- mener kasalligi;
- ichki quloqning yallig‘lanishi (labirintit).
Bosh aylanishini ba’zi dori vositalari ham nojo‘ya samara sifatida keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har doim dorini qo‘llashdan oldin nojo‘ya ta’sirlari ro‘yxatini o‘qib chiqing.
Bosh aylanishida yordam beruvchi dori vositalari
Dori-darmonlar yordamida bosh aylanishini emas, balki uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan kasallikni davolash mumkin. Unga bog‘liq ravishda quyidagi vositalar yordam berishi mumkin:
- trankvilizatorlar, agar bosh og‘rig‘i ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq muammolar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
- antixolinergik yoki antigistamin preparatlar, agar sabab BBTPA bo‘lsa;
- migrenga qarshi vositalar, agar bosh aylanishi migren bilan bog‘liq bo‘lsa.
Agar bu vositalar yordam bermasa, yashash tarzingizda nimanidir o‘zgartirishga urinib ko‘ring.
Agar bosh aylanishi bir hafta davomida o‘tib ketmasa, albatta shifokorga murojaat qiling.
Yashash tarzini o‘zgartirish
Bosh aylanishining oldini olish uchun ko‘proq suv ichishga, to‘yib uxlashga harakat qiling, stress holatlarini, spirtli ichimliklarni va chekishni kamaytiring.
Shuningdek, bosh aylanishiga qarshi kurashishning fizioterapevtik usullari: akupunktura, Epli va muvozanatni saqlash mashqlari ham mavjud. Agar bosh aylanishi ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘lsa, unda ruhshunosga murojaat qiling.
Qachon shifokorga murojaat qilish lozim?
Agar sizda bosh aylanishi bilan birga quyidagi alomatlar ham kuzatilayotgan bo‘lsa, albatta shifokorga uchrashing:
- kuchli bosh og‘riqlari;
- yurish paytidagi qiyinchiliklar, yiqilib tushishlar;
- ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
- hushdan ketish;
- nafas olishga qiynalish;
- bo‘yin mushaklarining siqilishi;
- tomir tortishishi.
Manba: Daryo.uz