Madaniyat

Bosh va sochlar uchun uy sharoitida skrablar tayyorlaymiz

Shakar, tuz, asal, yog‘ va qahva terini tozalaydi, qazg‘oqni ketkazadi va sochlarni baquvvat qiladi,chiroyli ko‘rinish beradi.

Bosh va sochlarga skrab nima uchun kerak?

Tarkibidagi abraziv zarrachalar tufayli skrablar shampunlarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Ular terining dag‘al hujayralarini, changlarni, soch turmaklash vositalarining qoldiqlarini, teridagi ortiqcha yog‘larni ketkazadi. Teri nafas ola boshlaydi, sochlar esa tezroq o‘sadi.

Tarkibiga bog‘liq ravishda skrablar terini oziqlantiradi va namlantiradi, sochlarni yaltiratadi, qazg‘oqqa yoki ortiqcha yog‘lilikka qarshi kurashadi.

Skrablardan qanday foydalanish kerak?

Agar sochlaringiz yog‘li bo‘lsa, skrablardan bir haftada bir marta, agar quruq va normal bo‘lsa, 2-3 haftada bir marta foydalaning.

Faqat sochlar ildizini va terini skrablang. Undan oldin boshni yuvish kerak emas, uni iliq suv bilan ho‘llashning o‘zi yetarli bo‘ladi. Amallar tugagandan keyin esa boshingizni odatdagidek yuving.

Agar teringiz shikastlangan yoki vosita tarkibiy qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, shuningdek rangi yo‘qolmasligi uchun sochlaringizni bo‘yagandan keyingi bir necha kunlar skrab qilishdan voz keching.

  1. Namlantirish va oziqlantirish uchun shakar, asal va qaymoqdan skrab

Masalliqlar:

  • 3 osh qoshiq shakar;
  • 1 osh qoshiq asal;
  • 2 osh qoshiq suyuq qaymoq.

Tayyorlash va qo‘llash:

Shakar va asalni aralashtiring. Qaymoqni qo‘shing, aralashtiring. Aralashmani bosh terisiga suring, 5 daqiqa uqalang va yaxshilab singishi uchun yana 10 daqiqa qoldiring. Skrab qoldig‘ini iliq suv bilan yuving.

  1. Sochlar yaltirashi uchun shakar va yog‘dan skrab

Masalliqlar:

  • 2 osh qoshiq shakar;
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i (zaytun, chakamug‘, bodom).

Tayyorlash va qo‘llash:

Shakar va yog‘ni yaxshilab aralashtiring. Skrabni bosh terisiga suring va boshingizni uqalang. 5–7 daqiqadan so‘ng vositani iliq suvda yuving.

Manba: Daryo.uz