Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari doimiy charchoqdan xalos bo‘lishning samarali usulini ma’lum qilishdi. Tegishli tadqiqot The Lancet jurnalida e’lon qilindi.
Doimiy charchoq sindromi bilan kurashda tez-tez jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish ko‘mak beradi. U o‘rtacha doimiylikda bo‘lishi lozim.
Mualliflar bunday xulosalarga 12 hafta davomida 200 kishining sog‘ligini kuzatib kelishgan. Bu insonlar depressiya va uyqusizlikka qarshi dorilardan tashqari, jismoniy tarbiya bilan ham shug‘ullanishgan. 100 kishidan iborat bo‘lgan nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, taxminan 40 insonning holati yaxshilangan.
Doimiy charchoq sindromi asab tizimidagi muammolar bilan bog‘liq, u hattoki uzoq muddatli hordiqdan keyin ham yo‘qolmaydi. Asosan rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan, ming kishidan yetti nafarida shunday holat kuzatiladi.