Azonda nahorgi osh (yoki “baquvvat nonushta”), tushda birinchi va ikkinchi taomlar, uyqudan oldin yana issiq ovqat...
Qonda xolesterin ko‘payishi u yoqda tursin, ortiqcha vazn ortidan nechanecha oshqozonichak, yurak qontomir kasalliklari orttirayotganimizni bilmaymiz!
Tibbiyot lo‘g‘atdan...
Xolesterin — organizmning har bir hujayrasidagi membrana tarkibiga kiruvchi yog‘simon modda. Uning 80% ini organizmning o‘zi ishlab chiqaradi, 20% i esa ovqat orqali — yog‘li mahsulotlardan olinadi.
Xolesterinning me’yordan ortishi (me’yor — 5,0 mmol/l) sog‘lik uchun xavfli!
Ortiqcha xolesterin qon tomir devorlarida tromblar (to‘siqlar) hosil qiladi (buni qozono‘choqni qurumga to‘lib qolishiga o‘xshatish mumkin) va bu moddalar almanishuvini izdan chiqarish barobarida kishini infarkt va insultga ro‘baro‘ qilishi mumkin.
Xolesterin miqdorining oshishiga sabablar:
- kamharakat hayot tarzi (bir joyda o‘tirib ishlash, piyoda yurmaslik, jismoniy tarbiya va mehnat bilan shug‘ullanmaslik);
- ratsion tarkibida yog‘li taomlarning, ayniqsa hayvon yog‘ini ko‘p bo‘lishi;
- teztez siqilish, ruhiy beqarorlik (jahldorlik, mahzunlik, tushkun kayfiyat);
- yuqori qon bosimi (va uning teztez o‘zgarib turishi);
- chekish, spirtli ichimliklarni surunkali raviщda iste’mol qilish;
- ayollarda “sokinlik” davrining boshlanishi, erkaklarning 50–55 yoshga to‘lishi;
- haddan ziyod semirish (ortiqcha vazn);
- qandli diabet kasalligi;
- jigar va buyrak ish faoliyatining buzilishi.
Shifokorlar 50 yoshdan oshgan kishilarga teztez bunday tekshiruvlarni o‘tkazib turishi maslahat berishadi.
Nimasi bilan xavfli?
Me’yoridan ortgan xolesterin yurak qontomir kasalliklari, xususan yurak ishemiyasi (nuqson), miokard infarkti, miya insulti va qandli diabet kabi kasalliklarga duchor qilishi mumkin.
Agar xolesterinning miqdori oshgan bo‘lsa, uni kamaytirish uchun doridarmonlar orqali muolaja qilinadi va parhez qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi.
Xolesterinni qanday qilib me’yorida saqlash mumkin?
1. Ko‘proq piyoda yuring, badantarbiyani kanda qilmang va, eng yaxshisi, suzish bilan muntazam shug‘ullaning;
2. Vazningizni jussangizga mos ravishda bo‘lishini nazorat qilib boring.
Masalan: bo‘yingizga nisbatan. (Bo‘yi 165 santimetr bo‘lgan kishining me’yoriy vazni — 65 kg, 172 santimetrli kishining vazni 72 kilogramm bo‘lishi maqsadga muvofiq va shu tariqa taxminiy hisoblanali.)
Niderlandiyalik olimlarning tadqiqotlarida shu narsa aniqlandiki, kishi vaznining har 500 grammga ortishi, qondagi xolesterin miqdorini ikki barobar oshishiga sabab bo‘lar ekan;
3. Ratsioningizda hayvon yog‘ini keskin kamaytiring. Ratsioningizning 3/2 qismi meva-sabzavotlardan, qolgan 3/1 qismi go‘sht va sut mahsulotlaridan iborat bo‘lgani ma’qul;
4. Ratsioningizga zaytun yog‘ini qo‘shishingiz xolesterin miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi;
5. Tuxumni bir haftada 3 donadan ko‘p iste’mol qilmang. Imkon darajasida tuxumning sarig‘ini emas, oqini, ya’ni oqsilini ishlatganingiz ma’qul. Negaki oqsilda xolesterin bo‘lmaydi;
6. Dukkakli o‘simliklarning donlarini: loviya, no‘xat, mosh kabi tarkibi oqsilga boy mahsulotlani ko‘proq iste’mol qiling;
7. Uch mahal ovqatlanish paytida, ayniqsa issiq ovqatdan so‘ng ho‘l mevalar iste’mol qiling. Vitamin S ga boy bo‘lgan mevalar tarkibida pektin moddasi ko‘p buladi va u xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi;
8. Talqon kapalab yurishni odat qilsangiz, bu ayrim oshqozonichak kasalliklarini davolashdan tashqari xolesterin miqdorini kamaytirishga ham harakat qiladi;
9. Sabzi, karam, bosh piyozni xomlay yeyish ham xolesterin miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi. Masalan, kuniga 2 ta sersuv sabzini iste’mol qilish xolesterin miqdorini 10–20 % gacha kamaytirishi mumkin;
10. Qoramol va qo‘y go‘shtini yog‘siz (qora mushak, qora lahm) joyidan olganingiz ma’qul;
11. Teztez yog‘siz baliq yeb turish tavsiya etiladi;
12. Yog‘i olingan sut yoki qatiq iste’mol qilish ayni muddao;
13. Ovqatingizga, ayniqsa salatlarga sarimsoqpiyoz qo‘shing, bu xolesterinni kamaytiradi;
14. Chekishni tashlashga harakat qiling;
15. Stress holatlarga chidamli bo‘lishga o‘zingizni o‘rgatib boring, negaki asabiy zo‘riqish xolesterinni oshishga sabab bo‘ladi;
16. Qon bosimingizni o‘lchab turing;
17. Yilda bir marotaba qoningiz tarkibida xolesterin miqdorini tekshirtirib turing (bu bilan boshqa ma’lumotlarni ham olishingiz mumkin, chunki qon tarkibidagi o‘zgarishlar kishining salomatligi haqida ko‘p ma’lumotlar beradi);
18. Yog‘li taomlar o‘rniga pishiriqlar, mevalar iste’mol qiling. Taom tayyorlashda o‘simlik yog‘idan foydalaning. Tovuq pishirayotganingizda terisini olib tashlaganingiz ma’qul;
19. Ratsioningizda sut mahsulotlarini ko‘paytirib boring. Bu qon tarkibida xolesterinni 10–12 % gacha tushirishga yordam beradi.
Tarkibi xolesteringa boy mahsulotlar:
Konservalangan baliq, ikra, kalla poycha, yog‘li go‘sht (qoramol va qo‘y go‘shti), kolbasa, sosiska, pishloq, shokolad, sariyog‘, margarin, tuxumning sarig‘i va boshqa tarkibi yog‘ga boy mahsulotlar.
Tarkibida xolesterin kam mahsulotlar:
Baliq, jo‘ja (terisi iste’mol qilinmaydi), yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlari, parhez mahsulotlar: tarkibida 30% yog‘ mahsulotlari bo‘lgan pishloq va tvorog, mevalar, tuxumning oqi, sabzavotlar, guruch, makaron mahsulotlari, yong‘oq, bodom, o‘simlik yog‘i va oliy navli un.
Aziz o‘quvchi, aynan shu kasallikdan, ta’bir joiz bo‘lsa, butun dunyo aziyat chekmoqda!
Davolanishga, jarrohlik operatsiyalariga million-million so‘m, qimmatli umr daqiqalarini sarflagandan ko‘ra, kasallikning oldini olishga xarakat qiling! Sport bilan, badantarbiya bilan shug‘ullaning, Eng muhimi, to‘g‘ri ovqatlaning!