Oshxona

Dimlangan kotlet - yaqinlaringizga manzur bo‘ladi

Zarur masalliqlar: 500 gr. mol go‘shti qiymasi, 2 bosh piyoz, bitta bulg‘or qalampiri, bir bo‘lak non, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiqdan tomat va smetana, 4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yarim halqa, bulg‘or qalampirini esa somoncha shaklida to‘g‘rang-da, 2 osh qoshiq qizdirilgan o‘simlik yog‘ida tuz sepib to yumshaguncha qovuring.

2. Go‘sht qiymasiga ivitilgan non, tuxum, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.

3. Qiymadan 6 ta «shar» shaklini yasab, qo‘lingiz bilan aylana shaklda yoying. Ichiga qovurilgan sabzavotlarni solib, kotletni o‘rang.

4. Qolgan o‘simlik yog‘ida kotletlarni balandroq olovda tez qovuring-da, tomat va 400 ml. suv quying. 20 daqiqa dimlagach, smetanani ham qo‘shib, yana besh daqiqa past olovda qoldiring. Dasturxonga bo‘laklarga bo‘lib, dimlangan guruch bilan tortish tavsiya etiladi.

6 kishilik

45 daqiqa

Manba: Darakchi.uz