Endi lab shaklini o‘zgartirish uchun jarrohlik stoliga yotish shart emas! Shunchaki, qalam va konsileringiz bo‘lsa bas. Ular yordamida o‘zingiz istagandek g‘uncha lab «chizib» olishingiz mumkin. Tabiiylikni yo‘qotmaslik uchun esa quyidagi tavsiyalarimizga amal qiling. Birinchi urinishingiz samara bermasa, kayfiyatni tushitrmang. Qo‘lingiz kelishishi uchun ozroq mashq qilishga to‘g‘ri keladi.
1. Pastki labi ustkisidan ingichkaroq xonimlarga pastki labdan chiqaribroq chiziq tortish tavsiya etiladi.
2. Oval lablarning ustki qismiga “ariqcha”sini to‘g‘ri chizsangiz, muammo oson hal bo‘ladi.
3. Ustki labi ingichka sanamlar esa ustki labdan 1 mm. chiqarib chiziq chizsalar yanada go‘zallashadilar.
4. Labining tutashgan qismi ingichkaroq ayollar labning chetlarini kengaytirib bo‘yashlari zarur.
5. Ingichka lablar atrofini, lab chetidan 1 mm chiqarib bo‘yash tavsiya etiladi.
6. Xuddi shishirilganday turuvchi lablarni esa, aksincha, kichraytirish talab etiladi. Buning uchun lablar chetidan 1 mm ichkaridan chiziq tortiladi.
7. Kichik hajmdagi lablar atrofi aylantirib chiziladi.
8. Labingizning tutshgan qismi va yuqori burchaklari o‘tkir burchakli bo‘lsa, ulardan chiqib ketmaslika harakat qiling.
Manba: Darakchi.uz