Bilasizmi?

Hammasiga ulgurish uchun 4 maslahat

Vaqt juda qiziq narsa: agar biz biror zerikarli ish bajarayotgan bo‘lsak, u joyida to‘xtab qolish xususiyatiga ega va agar biz ko‘p ishlarni uddalashimiz kerak bo‘lganda esa, yorug‘lik tezligida uchib o‘tadi. Ba’zan o‘z vaqtida bajarish uchun uyqudan va ovqatlanishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Lekin bunday voz kechishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish yetarli.

Qilinadigan ishlar ro‘yxati

Kechqurun yoki ertalab kun davomida tamomlashingiz kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxat qilishga odatlaning. Har bir bandning to‘g‘risiga bajarishga ketadigan vaqtni ham belgilab qo‘ying.

Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng, uni ro‘yxatdan o‘chiring.

Chalg‘ib ketishni yig‘ishtiring

Ishni tamomlamaguncha Facebook’ka kirish istagi bilan kurashing, telefonlarga javob bermang, qahvadan voz keching. Bularning hammasi bilan dam olish payti shug‘ullanish mumkin.

Imkoniyatingizga muvofiq vazifa belgilang

Har bir kishining imkoniyatlari chegarasi bor: kimdadir juda kichkina, kimdadir – ancha ta’sirli. Sizning vazifangiz – o‘zingiznikini aniqlash.

Ish joyingizda tartibni saqlang

Ish joyingiz hatto o‘zingizning uyingiz bo‘lsa ham u yerni tashlandiq joyga aylantirmang.

Birinchidan, ortiqcha narsalar chalg‘itadi, ikkinchidan, bu uyumlar ichidan biror narsa izlab topishga vaqtingiz ketadi, uchinchidan, tartibsizlik bo‘shashtiradi va ishga kirishishga to‘sqinlik qiladi

Manba: Daryo.uz