Zarur masalliqlar: 150 gr. olcha mevasi, 120 gr. un, yarim stakan shakar, 5 dona tuxum, 1 osh qoshiq qand upasi, 1 choy qoshiq sariyog‘, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Olcha mevasini bir kun oldin danagidan tozalab, muzlatkichga qo‘ying. Muzlatkichdan olganingizdan so‘ng muzlangan mevalar erib, sharbati yaxshi ajraladi.
2. Tuxumning oqiga tuz solib ko‘pirtiring, sarig‘ini esa shakar bilan ko‘pirtirasiz.
3. Tuxum sarig‘iga un qo‘shib, yaxshilaab aralashtirgach, ko‘pirtirilgan tuxum oqini solamiz.
4. Aylana shakldagi qolipni sariyog‘ bilan yog‘lab, xamirning yarmidan ozrog‘ini soling. Ustiga suvidan ajratilgan olcha mevalarini tering. Keyin qolgan xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga qo‘ying. Olovni o‘chirgach, 10 daqiqaga gaz pechidan olmang. So‘ngra yuziga qand upasi seping.
6 kishilik
1 soat
Manba: Darakchi.uz