Madaniyat

"Juda ozg‘inman, kiyim tanlashga qiynalaman..."

-16 yoshdaman. Qorachadan kelgan, ozg‘in, o‘rta bo‘yli qizman. Yuz tuzilishim uzunchoq. Ayting-chi, menga qanday ranglar va qaysi uslubdagi liboslar tavsiya etiladi?

Gulnora, Samarqand shahri

Yulduz AHMEDOVA, stilist-dizayner: — Siz uchun yoshingizga mos bo‘lgan shim, kofta, tizzagacha uzunlikdagi “kokteyl” ko‘ylaklar va leggenslar bilan moslangan tunikalar tavsiya etiladi. Asosiysi, bitta ko‘rinishda faqat 2-3 xil rangdan foydalaning. Ozg‘in tana tuzilishiga ega bo‘lsangiz, badanga yopishib turuvchi liboslarni tanlamang. Ular sizni yanada ozg‘inlashtirib ko‘rsatadi. Bel qismi xiyol kengayib, uzunasiga torayib tikilgan shimlar, erkin uslubdagi koftalarni beliga tasma qadab kiyishingiz mumkin. Asosiy shart: har qanday libosni tanlashdan avval rangi, bichimi va mavsumiy mosligini e’tiborga oling. Teringiz rangi yarq etib ko‘zga tashlanuvchi matolar bilan ajaralib qoladi. Shu sabab sokin rangdagi liboslarni tanlaganingiz ma’qul.

Manba: Darakchi.uz