Salomatlik

Kaft ustidagi qaysi nuqtalar ahvolni yengillashtiradi?

Sharq tabobatida tanadagi ma’lum bir nuqtalarning ichki a’zolar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi bir necha asrlar avval ham o‘rganilgan.

Bunday nuqtalar hamma joyda, quloq chanog‘idan tortib, qo‘l va oyoqlar kaftida ham bor. Ko‘pincha biz o‘zimiz ularga beixtiyor teginamiz, bosh og‘riganda chakkalarni ishqalaymiz yoki hayajonlanganimizda kaftlarimizni mahkam siqamiz.

Kaftlarda ko‘plab nuqtalar joylashgan bo‘lib, ularga ta’sir o‘tkazish organizmdagi ba’zi noqulay holatlarni yo‘qotishga yordam beradi. Mana, ulardan ba’zilari:

  • chap jimjiloqning yuqori sohasini ishqalash yo‘li bilan yurakning tez-tez urishini tinchlantirish mumkin;
  • agar siz o‘zingizda kuchsizlanish, uxlashga moyillik va charchoqlik holatlarini sezgan bo‘lsangiz, hamma barmoqlaringizni birlashtiring va kaftingiz ustida paydo bo‘lgan chuqur joyni bosing;
  • nomsiz barmoqning tirnoq chuqurchasidan 2 mm uzoqlikda joylashgan nuqtani bosish jinsiy faollikni oshirishga yordam beradi;
  • agar sizni bosh og‘rig‘i yoki migren bezovta qilayotgan bo‘lsa, bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringizni buklang va ularning suyakchalari birlashgan joyini keskin va kuch bilan bosing.
  • agar o‘rta barmog‘ingizning yuqori sohasini bossangiz, bu kuchli hayajonlanish vaqtida tinchlanishga, shuningdek, agar sovqotgan bo‘lsangiz, tezroq isishga yordam beradi.

Manba: Daryo.uz