Kutubxona

Kimga qanday kelin kerak?

Qop-qora marmar qoplangan uch qavatli uy yoniga "Kaptiva" kelib to‘xtadi va undan bir ayol tushdi.

– Manovi oilaning kelin qiladigan qizlari bormi? – deb so‘radi u qo‘shni xotinlardan.

– Siz, yaxshisi, bu uyning qizini kelin qiling, – maslahat berishdi ayolga oddiygina, eski darvozani ko‘rsatib. – Nihoyatda odobli, tarbiyali,mehnatkash qizlari bor. Tilidan bol tomadi. Bir oilani obod qiladi.

Ayol marmar uyga ishora qildi.

– Yo‘q, menga mana shunday uylardan kelin kerak, – u shunday dedi-da, mashinasiga o‘tirib haydab ketdi...

Anvar Namozov