Salomatlik

Ko‘z ostida shishlar bo‘lsa...

— So‘nggi vaqtlarda ko‘zimning tagida shishlar paydo bo‘lib qolgan. Buning sababi nimada ekanligini bilmoqchi edim.

Jamila, Toshkent shahridan

Nodira Haydarova, oliy toifali shifokor-terapevt: — Ko‘z ostida shish paydo bo‘lishining bir necha sababi bor. Masalan, buyrak va yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar, allergik holatlar, uyqusizlik, zo‘riqish ta’sirida shishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda bemorning kun davomida qancha miqdorda suyuqlik qabul qilishi, necha mahal peshob ajralishi va tananing boshqa yerlarida shishlar bor-yo‘qligi kabi holatlar o‘rganilib, tashxis qo‘yish mumkin. Agar bemorning boshqa turdagi shikoyatlari bo‘lsa, tahlil natijalariga ko‘ra aniq muolaja tayinlanadi. Ammo ko‘z ostida muntazam shishlar paydo bo‘lishiga befarq bo‘lmaslik kerak.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi