Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: nima sababdan ko‘z lipillaydi? Hammasi asabdan, deydi shifokorlar va ularning gapida jon bor. Shunday bo‘lsa-da, ko‘z uchishining boshqa sabablari ham yo‘q emas.
- Ko‘z toliqishi. Kompyuterda ishlash, xona yorug‘ligi yetarli darajada bo‘lmagan sharoitda kitob o‘qish ko‘z mushaklarini charchatadi. Natijada spazm yuz beradi.
- To‘yib uxlamaslik. Bu holatda organizmning umumiy toliqishi kuchli stressni yuzaga keltiradi.
- Nevroz. Kishi xatti – harakatlarini nazorat qila olmaganida beixtiyor nerv tolalari tortiladi.
- Kofein, spirtli va gazlangan ichimliklar. Bilasiz, har bir organizm individual tuzilgan. Shunga ko‘ra, oshqozon – ichak tizimi iste’mol qilinayotgan mahsulotlarga reaksiya berishi mumkin.
- Immunitet zaiflashuvi. Infeksion xastaliklardan so‘ng immun tizimi sustlashadi. Bu esa organizmda umumiy stressni keltirib chiqaradi.
- Vitamin yetishmovchiligi. Organizm ma’lum guruh darmondorilariga ehtiyoj sezsa, ko‘z uchishi kelib chiqadi.
Manba: Darakchi.uz