Salomatlik

Kuyishda birinchi yordam: nima mumkin va nima mumkin emas?

Kuyishning sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bir xilda harakat qilinishi kerak.

  1. Kuyishni to‘xtatish

Birinchi yordam ko‘rsatish darsliklarida bu «shikast yetkazuvchi omillarning harakatini to‘xtatish» deyiladi. Bu, odamni iloji boricha tezroq masalan, qaynoq suv yoki kislota tagidan chiqarib olish kerak degan ma’noni anglatadi.

Agar siz kimgadir yordam berayotgan bo‘lsangiz, avval o‘zingizga hech narsa xavf solmayotganligini tekshirib ko‘ring.

  1. Agar kerak bo‘lsa, shifokor chaqirish

Agar quyidagi holatlar yuz bersa, albatta tez yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak:

  • Shikastlanish elektr toki urishi natijasida yuz bergan bo‘lsa.
  • Kimyoviy kuyishlarda.
  • Uchinchi va undan yuqori darajali kuyishlarda, ya’ni teri ustida katta qavariqlar paydo bo‘lsa, kuygan joydagi teri jigarrang yoki qora rangga kirib, quruq va jonsiz holatga kelsa.
  • Tana yuzasining 10 foizdan ortiq har qanday darajadagi kuyishlarda.
  • Bola yoki 70 yoshdan oshgan odam kuyganda.

Agar kuyish yengil, lekin diametri besh santimetrdan ko‘p bo‘lmasa, tez yordam chaqirmasa ham bo‘ladi. Lekin baribir shikastlanganlarga yordam berish punktigacha borish kerak.

  1. Kuygan joyni sovitish

Shikastlangan sohani 15-20 daqiqa davomida oqib turgan sovuq suv tagida tutib turish kerak.

  1. Kuygan joyga quruq va toza bint qo‘yish kerak

Yaxshisi bint zararsizlantirilgan bo‘lgani ma’qul. Bint yoki doka kuygan joyni to‘liq yopib turadigan o‘lchamda bo‘lishi kerak. Bintni unchalik mahkam qilib bog‘lamaslik lozim.

  1. Og‘riqni qoldiruvchi berish kerak

Zarar ko‘rgan odamga asosi paratsetamol, ibuprofen yoki nimesulid bo‘lgan har qanday tabletkalar yordam beradi.

  1. Suyuqlik ichirish

Zarar ko‘rgan odam iloji boricha ko‘proq suyuqlik ichishi kerak, chunki kuyish, hatto kichkina bo‘lsa ham aylanuvchi qon hajmini kamaytiradi.

Nima qilish mumkin emas?

Zararlangan joyga malham dori surmaslik kerak.

Shuningdek tuxum, yog‘, qaymoq va boshqa vositalarni ham ishlatish mumkin emas: ular bitishni sekinlashtiradi va shifokorlarga yarani yuvishda xalal beradi.

Sovuqdan shikastlanmasligi uchun yaraning ustiga muz qo‘ymaslik kerak.

Manba: Daryo.uz