Lablardagi shamollash — bu himoyalanib bo‘lmaydigan davosiz viruslarning namoyon bo‘lishi. Lekin bu unchalik qo‘rqinchli emas.
Lablardagi shamollash qayerdan paydo bo‘ladi?
Avvaliga yoqimsiz qichishish va sanchish seziladi — bu yaqinda og‘riq va qichishish bilan kechadigan, ichida suyuqligi bo‘lgan pufakchalar paydo bo‘lishidan darak beradi. Biroz vaqtdan keyin ular yoriladi va qobiq bilan qoplanadi, keyin esa yo‘qoladi. Pufakchalarning butun yashash davri 7-10 kun davom etadi.
Toshmalar oddiy gerpes virusi — davolab bo‘lmaydigan va keng tarqalgan infeksiya tufayli paydo bo‘ladi. U odam tanasi ichida yillar davomida yashaydi.
Odatda u odamga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin kuchayish davrida shunday pufakchalar paydo bo‘ladi. Bu
- Boshqa kasalliklar: O‘RVI, surunkali infeksiyaning kuchayishi, shikastlanishlar.
- Kuchli stresslar.
- Charchash va haddan tashqari charchash.
- Quyoshdan kuyishlardan keyin paydo bo‘ladi
Toshmalarni qanday davolash mumkin?
Oddiy gerpesni davolash uchun atsikloverli mazlar va tabletkalar bor. Ular virusni butunlay yo‘qotmaydi, lekin yaralarni tezroq ketkazishga yordam beradi. Yaralar va qobiqlarning tezroq bitishi uchun yana dekspantenolli mazlar ham qo‘llaniladi.
Pufakchalar yorilgandan keyin, infeksiya tarqalib ketmasligi uchun tarkibida spirt bo‘lmagan antiseptiklardan foydalanish mumkin. Masalan, xlorgeksidin yoki miramistin.
Yallig‘langan joylar qichishmasligi uchun bu paytda achchiq va sho‘r ovqatlar yeyish, lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin emas.
Lablardagi gerpeslar nimasi bilan xavfli?
Gerpes viruslari juda ko‘p, ular suvchechak va o‘rab oluvchi temiratkilarni, ba’zi hollarda esa — saraton kabi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Oddiy gerpes bunday qo‘rqinchli ishlar bilan shug‘ullanmaydi, faqat vaqti-vaqti bilan o‘zining borligini eslatib turadi.
Agar bu bir yilda besh martadan ko‘proq takrorlansa, unda bu immun tizimining muammolaridan darak beradi — shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.
Manba: Daryo.uz