Oshxona

Mazali teftel tayyorlash sirlari

Xushbo‘y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go‘shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo‘li oson.  

1.    Teftellarni faqatgina o‘simlik yog‘ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog‘ yoki dumba yog‘ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi.

2.    Teftellarni yasash oson bo‘lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling.

3.    Mol go‘shti+tovuq go‘shti yoki qo‘y go‘shti+mol go‘shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi.

4.    Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko‘p jihatdan qaylaga bog‘liq.

5.    Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o‘zini 5-10 daqiqa dimlang, so‘ng qaylani solasiz.

6.    Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo‘y bo‘lib pishadi, quruq bo‘lib qolmaydi.

7.    Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo‘lsa, shuncha kaloriyasi kam bo‘ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so‘ng ko‘p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko‘pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o‘chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So‘ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketishi uchun muzday suvda chaying.

8.    Teftellarni dimlash uchun qozonga solayotganda ular orasida masofa qoldiring, axir pishish jarayonida shishi bor. Tayyor teftellarni darrov yeyishga shoshilmang. Olov o‘chirilgandan so‘ng xech bo‘lmasa 1 soat qaylani singdirib tursin, bunday usul teftel ta’mini yana ham yaxshilaydi.

Manba: Darakchi.uz