Salomatlik

Miyani qayta yuklab olish uchun 4 foydali maslahat

Neyrobiolog Idris Aberkan biz bir xil aqliy qobiliyatlar bilan tug‘ilishimizga ishonadi. Faqat ularni bilimdonlik bilan o‘stirish va miyani to‘liq ishlatishni hamma ham bilavermaydi. Agar siz iste’dodlilik sirlarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, neyrobiolog Idris Aberkanning «Miyaga ozodlik bering!» kitobidan keltirilgan parchani diqqat bilan o‘qib chiqing.

O‘zingizda «miyani tozalash» ishlarini tashkillashtiring

Bizning aqliy gigiyenamiz hali unchalik yo‘lga qo‘yilmagan. Biz o‘zimizga nevroz, vahima, g‘azab va beixtiyor xatti-harakatlarimizning hisobini bera olmaymiz. Bu ruhiy kirlar tanadagi yog‘ va terlar singari qatlam-qatlam bo‘lib ruhiyatimizni qoplab boradi. U hayotni tang ahvolga soladi, haqiqiylik va mulohazani, o‘zi haqidagi fikrlar va boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatlarni buzib ko‘rsatadi.

Ruhiyatingizni ikkinchi tabiatga aylantirish uchun uni tushungan holda chiniqtiring.

Dasturni uzib qo‘yishga o‘rganing

Miya tug‘ma ravishda dasturiy ta’minotga ega, keyin esa biz unga yangi dasturlar kiritamiz. O‘zimiz tushunmasakda, bu dasturlar bizning ruhiyatimizga asosan yoshligimizda yuklanadi.

Ular ataylab bizga o‘z hukmini o‘tkaza oluvchilar: ota-onalar, tarbiyachilar, oliygohlar, matbuot va davlat tomonidan tatbiq qilinadi.

Siz o‘zingizga ruxsatingizsiz kiritilgan zararli dasturlarni mustaqil ravishda topishingiz va uzib qo‘yishingiz mumkin. O‘z ruhiyatingizni nazorat qilish — bu har doim ozod bo‘lish hisoblanadi.

«Qo‘limdan kelmaydi» degan jumlani mutlaqo unuting

Eng zararli va keng tarqalgan dasturlardan biri yodlab olingan ojizlik. «Men qila olmayman», «men arzimayman», «qo‘limdan kelmaydi» va boshqalar.

Qat’iylik ko‘rsating, o‘z maqsadlaringizdan voz kechmang. O‘qituvchilar va tarbiyachilar sizga ishonmasalar ham, siz boshqalardan ko‘ra kuchliroq va qobiliyatliroqsiz.

Hamma yangi narsalar uchun ochiq bo‘ling

Sevimli ishi bilan shug‘ullanayotganda alohida tirishqoqlik ko‘rsatish odamlarga xos fazilat.

Ojizlik zanjirini uzib tashlashning eng yaxshi yo‘li — o‘z ishini sevish va maqsadga erishishda qat’iylik ko‘rsatish.

Miya uchun qanchalik ko‘proq «yuvish» ishlari olib borilsa, odam o‘zida shuncha ko‘proq ruhiy hayotni boshqaradigan zararli dasturlarni topish mumkin. Ularni birin-ketin olib tashlash ustida qancha ko‘p ish olib borilsa, ularning juda yomonligini tushunish osonroq bo‘ladi. Ularni chiqindi savatiga ko‘proq jo‘nating va shunda o‘z kuchiga ishonishga tezroq erishasiz.

Manba: Daryo.uz