Oshxona

Moddalar almashinuvini yaxshilovchi qatikli kokteyllar

1. Ziravorlar bilan

200 ml. qatiqqa 0,5 choy qoshiqdan zanjabil, dolchin va ozgina murchni 2 stakan mineral suv bilan aralashtirib kun davomida iching.

2. Asalli

Agar ortiqcha vazndan aziyat chekib, biroq pishiriqlardan voz kecha olmayotgan bo‘lsangiz, kunning birinchi yarmida bir dona shirinlik yeb, ustidan ushbu kokteylni ichsangiz ortiqcha yog‘lar bezovta qilmaydi. Demak, 1 choy qoshiq zanjabilni 1 osh qoshiq asal va 2 osh qoshiq qaynagan suv bilan aralashtiring. Bir chimdim dolchin va yarimta limonning sharbatini siqib soling. Barcha masalliqlarni 200 ml. qatiq bilan aralashtiring.

3. Olmalisi xushta’mroq

Bu ajoyib ichimlik ishtahani bo‘g‘ib, hatto kechki ovqat o‘rnini bosishi ham mumkin. Kokteylni tayyorlash uchun 5 dona olmani po‘stidan tozalab, qirg‘ichdan o‘tkazing. So‘ng 300 ml. qatiq qo‘shib yaxshilab aralashtiring. Ta’bga ko‘ra dolchin solishingiz mumkin.

4. Sog‘lomlashtiruvchi

Agar kun davomida bu ichimlikni uch mahal ovqatdan oldin ichib, yog‘li taomlarni tanovul qilmasangiz, haftasiga 2 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingiz mumkin. U oshqozon mikroflorasini yaxshilab, moddalar almashinuvini jadallashtiradi. 0,5 litr qatiqqa 1 dona kivini maydalab, 1 osh qoshiq asal va bir oz yalpiz solib, 10 daqiqaga qoldiring. So‘ng aralashtirib, ichishingiz mumkin.

5. Birgalikda ozamiz

10 kun davomida ertalab och qoringa va kechqurun taomdan avval ichsangiz va sabzavotli taomlardan tanovul qilib borsangiz haftasiga 3 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingiz mumkin. Demak, 1 stakan qatiqqa 1 osh qoshiq maydalab to‘g‘ralgan petrushka va bir osh qoshiq suli yormasini solib 1 soatlardan keyin iching.

6. Sabzi ham foydali

100 ml. sabzi sharbati, 200 ml. qatiq 1 osh qoshiq limon sharbati biroz murchni aralashtirib kun davomida iching. Xohishga ko‘ra biroz maydalangan sarimsoqpiyoz va rayhon solishingiz mumkin.

Manba: Darakchi.uz