Bilasizmi?

O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilda "Qurbon hayiti" kuni 21 avgustda o‘tkaziladi. Bu haqda muftiy Usmonxon Alimov Makka shahrida ziyoratchilar bilan uchrashuv paytida ma’lum qilgan. Xabar O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakillari tomonidan tasdiqlandi.

«Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust, seshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Biz ushbu ma’lumotni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etdik», — deb aytdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi mas’ul xodimi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasining rasmiy sayti bo‘lgan muftiyat.kg joriy yilning 12 avgust kuni Qirg‘istonda Qurbon hayiti bayramining birinchi kuni belgilangani haqida ma’lumotni e’lon qilgani haqida xabar chop etgan edi.

Xabarga ko‘ra, Qirg‘izistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgustga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilingan.