O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan 2018 yilda o‘zbekistonliklar 5 kalendar kuni davomida dam oladi.
Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):
- 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni; - 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami; - 2 sentyabr – yakshanba; - 3 sentyabr – ko‘chirilgan dam olish kuni; - 4 sentyabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):
- 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni; - 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami; - 2 sentyabr – yakshanba.