Kasallik haqida: bu ko‘krak bezining yallig‘lanishi. Turli stafilokokk va ichak tayoqchasimon mikroblari sababli yuzaga keladi. Tug‘ruqdan keyingi mastit va fibroz‑kistozli mastit turi mavjud.
Alomatlari: ko‘krak bezi shishishi, tana harorati ko‘tarilishi, ko‘krak terisining qizarishi, emizganda achishish.
Retsept: 1 choy qoshiq oqqarag‘ay (pixta) yog‘ini, 2 choy qoshiq hayvon (tovuq, o‘rdak, g‘oz) yog‘i bilan aralashtiriladi. Bu aralashma bilan ko‘krakni yengil uqalash kerak. Shuningdek, oqqarag‘ay yog‘ini 5‑9 tomchidan kuniga 1 mahal qabul qilinadi. Ko‘krak uchi yorilganda ham oqqarag‘ay surtmasidan foydalanish mumkin.
Manba: Darakchi.uz