Quymoq (blin) – g‘oyatda mazali va juda to‘yimli taom hisoblanadi. Mazali va ishtahani qo‘zg‘atuvchi parhezli quymoqlarni dastlabki an’anaviy tayyorlash usuliga birozgina o‘zgarish kiritish yo‘li bilan tayyorlash mumkin.
Asosiy masalliqlar:
- tuxum,
- un,
- suyuqlik,
- yog‘,
- shakar.
Tuxumlar masalasida qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi – ularning kaloriyasi ancha past va sizning qomatingizga salbiy ta’sir qilmaydi.
Parhezli quymoqlar uchun yaxshisi maxsus quymoqlar uchun yoki oliy navli bo‘lmagan unlarni, ya’ni bug‘doy, grechka, arpa yoki suli unlaridan birini tanlaganingiz ma’qul. Uning tarkibida past kaloriyali donlarning hamma foydali xususiyatlari saqlanib qoladi.
Parhezli quymoqlar uchun suyuqlik sifatida hammadan yaxshisi yog‘siz qatiq, yog‘i olingan sut yoki suvdan foydalangan ma’qul. Ularni sariyog‘da emas, balki o‘simlik yog‘ida pishiring.
Parhezli blinlar xamiri ichiga solinadigan shakar miqdorini kamaytiring yoki uni asal bilan almashtiring.
Shuningdek ko‘proq mos keladigan ziravor va qaylalardan foydalaning. Qomat uchun eng yaxshisi yog‘siz qaymoq, yogurt, asal, yong‘oqlar, mayiz, mevalar, yog‘siz tvorog, brinza, baliq, sabzavotlar, yog‘siz go‘sht hisoblanadi.
Grechka unidan tayyorlanadigan parhezli quymoqlar masalliqlari:
- 1 dona tuxum,
- 1 piyola grechka uni,
- 1 piyola suv,
- 1 ch. qoshiq asal,
- 1 ch. qoshiq zaytun yog‘i,
- bir chimdim tuz.
Tayyorlash:
Iliq suv ichida asalni eriting, tuxum qo‘shing va ko‘pirtiring.
Keyin elangan unni, zaytun yog‘ini qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
Qizdirilgan va o‘simlik yog‘i bilan moylangan tovada quymoqlarni pishiring. Grechka uni tufayli ular yoqimli qoramtir tusga ega bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz